From Wikipedia, the free encyclopedia
Alitegin Ibn Husayn (?-1035) — Movarounnahr ilikxoni (1025-34). Qoraxoniylardan. Movarounnahrni somoniylarash tortib olishda ishtirok etgan (999-1012). Nasr ibn Ali vafoti (1013)dan soʻng taxt uchun kurash chogʻida arslonxonlardan Muhammad ibn Ali tomonidan asir olingan. taxminan 1025-yil asirlikdan qochib Buxoroni egallagan va saljuqiylardan Arslon ibn Saljuq bilan ittifoq tuzgan. Aliga qarshi ilikxon Mansur ibn Ali qoʻshin tortib kelgan, biroq magʻlubiyatga uchragan. Shuvdan soʻng Alitegin Movarounnahrning markaziy qismi (Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo vodiysi) ilikxoni boʻlgan. Aliga qarshi Mahmud Gʻaznaviy va qoraxoniylarning Sharqiy Turkistondagi xoqoni Qodirxon Yusuf harbiy ittifoq tuzib (1025) Samarqand yaqinida Ali qoʻshini bilan toʻqnashgan. Ali Samarqand va Buxoroni tashlab choʻlga chekingan, xotini va qizi raqiblari qoʻliga asir tushgan. Biroq Mahmud Gʻaznaviyning asl maqsadi Alini faqat zaiflashtirish boʻlgani sababidan bir oz vaqtdan soʻng Movarounnahrni tashlab chiqqan. Ali yana oʻz mulkini qaytarib olgan. 1032-yil xorazmshoh Oltuntosh sulton Masʼud Gʻaznaviynnt topshirigʻiga koʻra, Alini yerlariga hujum qilib Buxoroni egallagan, biroq Dabusiya yaqinidagi jangda yarador boʻlib, vafot etgan. Xorazm qoʻshini sulh tuzib yurtiga qaytib ketgan[1].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.