Oʻzbek davlat arbobi From Wikipedia, the free encyclopedia
Alisher Joʻraqulovich Xoʻjayev (1963-yili Toshkent viloyatida tugʻilgan) – oʻzbek davlat arbobi. 2005—2024-yillarda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi[1].
Alisher Joʻraqulovich Xoʻjayev | |
---|---|
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi | |
Mansab davri 2017-yil 30-avgustdan – 2024-yil 2-fevralgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Bosh vazir | Abdulla Oripov |
Oʻtmishdoshi | Bobur Alixonov |
Vorisi | Abdurashid Joʻraboyev |
Mansab davri 2005-yil 15-apreldan – 2017-yil 3-fevralgacha | |
Prezident |
Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
Bosh vazir |
Shavkat Mirziyoyev Abdulla Oripov |
Oʻtmishdoshi | Abdusaid Koʻchimov |
Vorisi | Xurshid Mirzohidov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
26-yanvar 1963-yil Toshkent |
Mukofotlari |
1963-yil 26-yanvarda Toshkent viloyatida tugʻilgan.
1985-yili Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Fizika-matematika fanlari nomzodi.
1985—1993-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy-tekshirish institutlari, ishlab chiqarish birlashmalarida faoliyat olib borgan.
1993—1996-yillarda „NKK“ firmasida tizim muhandisi boʻlib ishlagan.
1996-yildan 1998-yilga qadar „KomUzAziya“ kompaniyasi bosh direktori.
1998—2001-yillarda „UzPAK“ kompaniyasi bosh direktori lavozimida mehnat qilgan.
2001—2002-yillarda Oʻzbekiston prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibining oʻrinbosari.
2002—2005-yillarda Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi rahbari oʻrinbosari.
2005—2017 – Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi[2].
2017—2017 – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstona munosabatlar boʻyicha qoʻmita raisi oʻrinbosari[3].
2017-yil 30-avgustda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi lavozimiga qaytgan[4].
2020-yil 19-martda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi etib tayinlandi[5][6].
2024-yil 2-fevralda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi lavozimidan ozod etilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstona munosabatlar boʻyicha qoʻmita raisi oʻrinbosari etib tayinlangan[7]. Shu yil 28-mart kuni Kinematografiya agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Qudasi – Abdulla Aripov, 2016-yildan buyon Oʻzbekiston Bosh vaziri[8][9].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.