Alexandra Daddario

From Wikipedia, the free encyclopedia

Alexandra Daddario
Remove ads

Alexandra Anna[1] Daddario (talaffuzi: Aleksandra Anna Daddario; 1986-yil 16-martda tugʻilgan) amerikalik aktrisadir. Percy Jackson filmlar seriyasidagi (2010—2013) Annabeth Chase roli ortidan shuhrat qozongan. Keyinchalik, u Hall Pass (2011) filmida Paige, Texas Chainsaw 3D (2013) filmida Heather Miller, San Andreas (2015) filmida Blake Gaines, Baywatch (2017) filmida Summer Quinn, We Summon the Darkness (2019) filmida Alexis Butler rolini jonlantirdi. U shuningdek White Collar, It's Always Sunny in Philadelphia, True Detective, New Girl, American Horror Story: Hotel kabi teleseriallarda ham epizodik rollarni jro etdi. 2022-yilda u HBO telekanali orqali efirga uzatilgan The White Lotus serialida rol oʻynadi va ushbu roli kinotanqidchilar tomonidan ijobiy baholanib, tegishli nominatsiyada Emmy mukofotini olib keldi.

Thumb
Daddario 2015-yilda
Thumb
Daddario 2016-yilda
Thumb
Daddario (Zac Efron bilan) 2017-yilda
Qisqa faktlar Tavalludi, Fuqaroligi ...
Remove ads

Yoshligi va taʼlimi

Alexandra Anna Daddario 1986-yil 16-martda AQShning New York shahrida dunyoga keldi[2][3]. Onasi Christina — huquqshunos, otasi Richard Daddario esa prokuror boʻlgan[4]. U kelib chiqishiga koʻra italyan, irland, ingliz va slovak ajdodlarga mansub[5]. Uning Matthew Daddario ismli ukasi[6][7] va Catharine Daddario ismli singlisi bor boʻlib, ularning ikkisi ham aktyorlardir[8]. Uning ota tarafdan bobosi Emilio Q. Daddario boʻlib, Daddario 1959-yildan 1971-yilgacha AQSh Vakillar palatasi aʼzosi (Connecticut shtatidan) sifatida faoliyat yuritgan[9].

Daddarioning bolaligi Manhattanda oʻtgan. U Brearley va Professional Childrenʼs School maktablarida oʻqigan[10]. Daddarioning soʻzlariga koʻra, u 11 yoshida aktrisa boʻlishga qaror qiladi[11].

Remove ads

Shaxsiy hayoti

2021-yildan beri u produser Andrew Form bilan uchrashib yurdi. 2021-yil 2-dekabrda juftlik unashtirildi[12]. Juftlik 2022-yil iyun oyida turmush qurishdi[13].

Filmografiyasi

Film

Batafsil maʼlumot Yil, Nom ...

Televideniye

Batafsil maʼlumot Yil, Nom ...

Veb-seriallar

Batafsil maʼlumot Yil, Nom ...

Kliplar

Batafsil maʼlumot Yil, Nom ...

Videooʻyinlar

Batafsil maʼlumot Yil, Nom ...
Remove ads

Manbalar

Havolalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads