From Wikipedia, the free encyclopedia
Aleksandra Konstantinovna Kostenyuk (1984 — yil 23-aprelda tugʻilgan, Perm, SSSR) — rossiyalik shaxmatchi, grossmeyster (2004), shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasida oʻn ikkinchi jahon chempioni (2008-yil sentyabridan 2010 -yil dekabrigacha). Ikki karra Rossiya chempioni (2005, 2016). Evropa chempioni (2004). Shveysariya chempioni (2011). Jahon shaxmat olimpiadasining uch karra g‘olibi (2010, 2012, 2014), FIDE onlayn shaxmat olimpiadasining ikki karra g‘olibi (2020, 2021), besh karra Yevropa jamoalar chempionati g‘olibi (2007, 2009, 2015, 2017[4])Rossiya jamoasi tarkibida jamoaviy jahon chempionatlarining ikki karra gʻolibi (2017, 2021[5]) va toʻrt karra medal sovrindori (2011, 2013, 2015, 2019)[6]. Rapid boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempioni (2021). Blits shaxmat boʻyicha vitse-jahon chempioni (2012, 2014, 2016). Blits boʻyicha vitse-jahon chempioni (2021). Fisher shaxmat boʻyicha ikki karra jahon chempioni (2006, 2008). Rapid boʻyicha ayollar oʻrtasida ikki karra Yevropa chempioni (2015, 2019)[7] . Ayollar oʻrtasidagi blits boʻyicha uch karra Yevropa chempioni (2001, 2017, 2019)[8][9]. Shaxmat bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi birinchi jahon kubogi g‘olibi (2021).
Alexandra Kosteniuk | |
Aleksandra Konstantinovna Kostenyuk | |
Kostenyuk ayollar o'rtasidagi Evropa jamoaviy chempionatida, Varshava 2013 | |
Tugʻilgan sanasi: | 23-aprel 1984-yil |
Tugʻilgan joyi: | Rossiya |
Yashash joyi: | Rossiya (until May 2022) FIDE (since May 2022)[lower-alpha 1] |
Unvoni: | Grossmeyster (2004) |
Maksimal reytingi: | 2561 (2018-yil, yanvar) |
Hozirgi reytingi : | 2521 [3] |
Mukofotlari: | |
' |
U 1984-yil 23-aprelda Perm shahrida tugʻilgan, 1985-yilda ota-onasi bilan Moskvaga koʻchib oʻtgan, etti yoshida u poytaxt chempioni boʻlgan. 2003-yilda Rossiya davlat jismoniy tarbiya va sport universitetini tamomlagan .
2011-yilda Moskva davlat jismoniy tarbiya akademiyasining „Intellektual o‘yinlar texnologiyalari va konsepsiyasi“ asosiy o‘quv dasturi bo‘yicha magistraturaning 1-kursiga o‘qishga kirdi.
Aleksandra otasi bilan ikki yil davomida uning bu kungacha bosib oʻtgan yoʻllari haqida „Qanday qilib 14 yoshda grossmeyster boʻlish mumkin“ nomli kitobini chop etishti. Kitob rus, ingliz va ispan tillarida nashr etilgan.
Uning otasi, Rossiyada xizmat koʻrsatgan murabbiy [10] Konstantin Kostenyuk murabbiyi. Oksana ismli singlisi bor, u ham shaxmatchi.
Rossiyalik grossmeyster Pavel Tregubovga bilan turmush qurgan.
Besh yoshida otasidan shaxmat o‘ynashni o‘rgangan.
2001-yilda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasida jahon vitse-chempioni. 2004-yilda ayollar oʻrtasida shaxmat boʻyicha Yevropa chempioni (Drezden, Germaniya). 2005-yilda ayollar shaxmati boʻyicha Rossiya chempioni. 2006-yil avgust oyida Aleksandra Elizabet Petzni 5½-2½ hisobida magʻlub etib, tasodifiy shaxmat boʻyicha birinchi jahon chempioni boʻldi. U 2008-yilda Yekaterina Lahnoni 2½-1½ hisobida magʻlub etib, unvonini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Aleksandraning faoliyati davomidagi eng yuqori yutugʻi 2008-yil 18-sentyabrda Nalchikdagi turnirda xitoylik Xou Yifanni 2½-1½ hisobida magʻlub etib, shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempioni unvoniga erishganidir.
2004-yil noyabr oyida Kostenyuk xalqaro erkaklar grossmeyster unvoniga sazovor boʻlgan dunyodagi 10-ayol boʻldi [11]. Bungacha u 14 yoshida ayollar oʻrtasida grossmeyster (dunyodagi eng yosh grossmeysterlardan biri) va xalqaro master unvoniga sazovor boʻlgan.
Rossiya fuqaroligidan tashqari, shveytsariya [12] fuqaroligiga ham ega, shuningdek, u shaxmat boʻyicha Shveysariya chempionatida ham ishtirok etishi mumkin. 2011-yilda ayollar oʻrtasida Shveysariya chempionatida, 2012-yilda erkaklar oʻrtasida [13] uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan boʻlsa, 2013-yilda esa Shveysariya tarixida birinchi marta 9 balldan 6,5 ball toʻplab, mutlaq chempion boʻldi. Shveysariyalik Ralf Buss tay-brekda 2:0 [14] hisobida zafar quchdi.
2016-yilda Kostenyuk 66-chi milliy chempionatning superfinalida gʻalaba qozonib, yana Rossiya chempioni boʻldi.
Shaxmat targʻibotchisi, model va „shaxmat elchisi“dir. U Stanislav Govoruxinning „Ayolni duo qiling“ filmida rollardan birini oʻynagan. U „Qanday qilib 14 yoshda grossmeyster boʻlish mumkin“, „Aleksandra Kostenyuk bilan shaxmat oʻyna“ va „Shaxmat malikasining kundaliklari“, „Men kabi oʻyna!“ kitoblarining muallifi. U muntazam ravishda kross yuguradi va marafonlarda qatnashadi [15]. 2007-yildan beri Aleksandra Kostenyuk har yili shaxmat boʻyicha „Aleksandra Kostenyuk kubogi“ bolalar xalqaro turnirlarini oʻtkazib keladi, unda Rossiya va boshqa mamlakatlardan yuzlab bolalar uchta yosh tasnifida ishtirok etadilar: 6 yoshgacha, 8 yoshgacha va 10 yoshgacha, soʻnggi 12-turnir 2019-yil 26-27 noyabr kunlari Skolkovoda boʻlib oʻtdi [16].
Aleksandra, 2020-yilgi Rossiya chempionatida uchinchi oʻrinni egallagan.
2021-yil noyabr oyida Riga shahrida FIDE Ayollar oʻrtasidagi Shveysariya turnirida 8-oʻrinni egalladi[17].
28-dekabr, 2021-yil xotin-qizlar o‘rtasida tezkor shaxmat (rapid) bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi. U birinchi marta bu unvonni qoʻlga kiritdi [18], ilgari u uch marta ikkinchi boʻlgan.
Yil | Nomi | Rol | ||
---|---|---|---|---|
2003 | f | Blagoslavite jenshinu | Vera (Mashani qizi) | ru |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.