From Wikipedia, the free encyclopedia
Albert Buyuk yoki Albertus Magnus (tax.1200-yil 15-noyabr) – oʻrta asr nemis faylasufi, ilohiyotchisi, astrologi. Oʻrta asr sxolastikasining yirik vakili, katolik cherkovi tomonidan 37 ta Cherkov Ustozlaridan biri deb tan olingan va u Foma Akvinskiyning ustozidir. Hayoti davomida u „Doctor universalis“ va „Doctor expertus“ nomlari bilan mashhur boʻlgan. Umrining oxirgi yillarida esa uning ismi bilan birga Magnus („Buyuk“) unvoni qoʻshib chaqirilgan. U oʻrta asrlarning eng buyuk nemis faylasufi va ilohiyotchisi sifatida tan olingan[1].
Albertus Magnus | |
---|---|
Albert Graf von Bollstädt | |
Tavalludi |
1193-yil |
Vafoti |
15-noyabr 1280-yil Köln, Muqaddas Rim imperiyasi |
Fuqaroligi | Muqaddas Rim imperiyasi |
Taʼlimi | Padua universiteti; Parij universiteti |
Kasbi | Kimyogar, musiqashunos, faylasuf, yozuvchi, iqtisodchi, munajjim, entomolog, teolog, geograf, botanik, katolik episkopi. |
Dini | Katolik |
Albert katta ehtimol bila 1200-yildan oldin tugʻilgan. Sabab, 1280-yilda vafot etganida 80 yoshdan oshgani haqida aniq hujjatlashtirilgan dalillar mavjud. Boshqa manbalarda esa, Albertnining 87 yoshida vafot etganini tahmin qilishadi. Shu sabab, Albertning tugʻilgan sanasi sifatida odatda 1193-yil koʻrsatiladi, biroq bu maʼlumotni ham tasdiqlash uchun yetarli dalillar yoʻq. Boshqa maʼlumotlarga koʻra, uning oilasi ruhoniylar tabaqasiga mansub boʻlishi mumkin[2].
Albert, asosan Padua universitetida taʼlim olgan, u yerda Aristotel va Cherkov Otalari asarlarini oʻrgangan. Albert, tabiiy fanlarga katta qiziqish bildirgan. Boshqa manbalarga koʻra, Novamagiya shahridan Rudolf Albertnning Bokira Maryama bilan uchrashganini va u ruhoniylikni qabul qilishga ishontirganini aytadi. 1223-yilda u Dominikan ordeniga aʼzo boʻlgan. 1228-yildan 1254-yilgacha Albert Bavariya va Fransiyaning eng yirik universitetlarida dars bergan va Yevropaning eng buyuk sxolasti sifatida shuhrat qozongan. U dominikanlarning uyi boʻlgan Kyolnda maʼruzachi lavozimiga saylanganidan soʻng, bir necha yil davomida Regensburg, Freiburg, Strasbourg va Hildesheimda dars bergan. Kyolndagi birinchi maʼruzachilik davrida Albert „Yaxshilik summasi“ asarini yozgan[3]. 1245-yilda Albert Gerik Sen-Kventenskiy rahbarligida ilohiyot magistri boʻldi. Shundan soʻng Albert Parij universitetida doimiy professor sifatida ilohiyotni oʻrgatish imkoniyatiga ega boʻldi. Shu davr ichida Foma Akvinskiy Albertdan taʼlim olishni boshladi. Keyinchalik u Albertnning sevimli shogirdlaridan biriga aylangan va uni universitetlar hamda koʻplab sayohatlar davomida hamroh qilgan[4].
Albert birinchilardan Aristotelning deyarli barcha asarlarini sharhlab chiqqan va ularni keng akademik muhokamalar uchun ochib bergan. Aristotelni oʻrganish uni Islom olimlari olamiga olib kirdi. Xususan, Avitsenna taʼlimotlarini oʻrganishni va sharhlashni boshladi.
1254-yilda Albert Dominikan ordenidagi vazifalarini alohida eʼtibor va tirishqoqlik bilan bajargan. Albertning ushbu faoliyati Tevtoniya provintsiyasida unga ishonib topshirilgan ordenning rivojlanishi va birodarlar sonining oʻsishiga yordam berdi.
1259-yilda Albert Foma Akvinskiy, Bonushomo Britto[5], Florentsiy[6] va Petr bilan birga Valansenda boʻlib oʻtgan Dominikanlarning Umumiy kapitulasida ishtirok etgan. Unda dominikanlar uchun taʼlim dasturi boʻlgan oʻquv dasturini oʻrnatgan. Bu yangilik dominikan sxolastik falsafa anʼanasini boshlab bergan. 1265-yilda Rimda Sankt-Sabina monastiridagi ordenning „studium provinciale“da amalga oshirilgan boʻlib, undan keyinchalik Papa Foma Akvinskiy universiteti – „Angelicum“ paydo boʻlgan.
1260-yilda Papa Aleksandr IV uni Regensburg yepiskopi etib tayinlagan, ammo u ilmiy va ilohiy faoliyatiga toʻsqinlik qilingani sabab uch yildan soʻng bu lavozimdan voz kechgan. 1263-yilda Papa Urban IV uni yepiskoplikdan ozod qilgan va nemis tilida soʻzlashuvchi mamlakatlarda sakkizinchi salib yurishini vaʼz qilishni soʻragan. U oʻrtadagi nizolarni hal qilish uchun vositachilik qilgan.
Kyolnda u nafaqat Germaniyaning eng qadimgi universitetini asos solganligi bilan, balki 1258-yilda arxiyepiskop oʻrtasidagi nizoga yakun yasagan „Katta hukm“ (der Große Schied) bilan mashhur boʻlgan. Uning soʻnggi yutuqlaridan biri, sobiq shogirdi Foma Akvinskiyning taʼlimotini himoya qilishi boʻlgan.
Albert olim, faylasuf, astrolog, ilohiyotchi, diniy yozuvchi, ekumenist va diplomat boʻlgan. Humbert Rimiy himoyasida Albert barcha dominikan talabalar uchun oʻquv dasturini ishlab chiqqan. Aristotelning taʼlimotini universitetlarga kiritgan va neoplatonistlar asarlarini oʻrgangan[7].
1278-yilda sogʻligʻi yomonlashganidan soʻng, u 1280-yil 15-noyabrda Germaniyaning Kyoln shahridagi dominikan monastirida vafot etgan. 1954-yil 15-noyabrdan buyon uning qoldiqlari Kyoln shahridagi Sankt-Andre dominikan cherkovi kriptidagi Rim sarkofagida saqlanmoqda. Uning jasadi vafotidan uch yil oʻtib birinchi eksgumatsiyada buzilmagan holda topilgan, 1483-yilda eksgumatsiya qilinganida faqat skelet qolgan[8].
Albertning 1899-yilda toʻplangan asarlari 38 jilddan iborat boʻlgan. Uning ishlari mantiq, ilohiyot, botanika, geografiya, astronomiya, astrologiya, mineralogiya, alximiya, zoologiya, fiziologiya, frenologiya, yurisprudensiya, doʻstlik va sevgi kabi sohalarda boʻlgan. U Aristotelning barcha asarlarini, lotin tilidagi tarjimalar va arab sharhlovchilarining izohlaridan olingan holda, cherkov taʼlimoti bilan muvofiq tahlil qilgan va tizimlashtirgan. Aristotel haqida hozirgi kunda mavjud boʻlgan koʻpgina bilimlar aynan Albert tomonidan saqlanib qolgan.
Albertning faoliyati, koʻproq falsafiy boʻlgan. Albert Aristotelning tabiatshunoslikka yondashuvi xristian falsafiy qarashlarini tabiiy jismlar tartibida rivojlanishiga hech qanday toʻsiq boʻlmasligini taʼkidlagan[9].
Albertning tabiatshunoslik sohasidagi bilimlari oʻz davri uchun ulkan boʻlgan. Albertning tabiiy fanlar sohasidagi koʻpgina empirik yutuqlari keyinchalik chetga surilgan, ammo uning ilmga umumiy yondashuvi ajablanarli darajada boʻlgan.
Albert vafotidan keyin asrlar davomida uni alkimyogar va sehrgar sifatida tasvirlovchi koʻplab hikoyalar paydo boʻlgan. Alkimyoga oid koʻplab traktatlar berilgan, garchi u oʻz asarlarida bu masalani koʻtarmagan boʻlsada. Albert vafotidan keyin yillar davomida shakllangan alkimyoga oid ishlarni namoyish etuvchi soxta-albert asarlari tarqalishni boshlagan. Ular orasida „Metallar va materiallar“, „Kimyo sir-asrorlari“, „Metallar kelib chiqishi“, „Birliklarning kelib chiqishi“, „Falsafiy toshga oid kuzatishlar“ va boshqa asarlar kiradi. Unga mishyak elementini kashf etish va kumush nitrat kabi yorugʻlikka sezgir kimyoviy moddalar bilan tajribalar oʻtkazish kabi ishlar ham keltirilgan. U toshlarning okkultik xususiyatlariga ishongan va bu haqda De mineralibus asarida yozgan. Biroq, u shaxsan alkimyoviy tajribalar oʻtkazganiga oid kamdan-kam dalillar mavjud.
Oʻrta asrlardan yangi davrgacha astrologiya olimlar va ziyolilar tomonidan qabul qilingan boʻlib, ular yerda hayot aslida makrokosmos ichidagi mikrokosmos ekanligiga ishonishgan. Astrologiyani insonning ehtimoliy kelajagini bashorat qilish uchun foydalanish mantiqan toʻgʻri degan fikrni olgʻa surishgan. Albert osmon taʼsirlarini tushunish bizga xristianlik qonunlariga muvofiq hayot kechirishga yordam berishi mumkinligini taʼkidlagan. Uning astrologik qarashlari eng toʻliq tarzda, taxminan 1260-yilda yozilgan „Zerchalo Astronomii“ nomli asarida bayon etilgan.
U tomonidan yozilgan ikki traktatlari ham yaxshilik tushunchalarining metafizik tadqiqotdan va moddiy yaxshilik tushunchasidan boshlanadi. Albert buni „tabiiy yaxshilik“ (bonum naturae) deb ataydi. Boshqa asarlarida Albert insoniy va axloqiy yaxshilik tushunchasini aniqlash uchun, avvalo yaxshi boʻlish va yaxshi ishlarni amalga oshirish nimani anglatishini tushuntirgan. Bu Albertning neoplatoniylikning yaxshilik nazariyalariga, boʻlgan qiziqishini aks ettiradi. Albertning qarashlari Katolik cherkovi va uning zamondoshlari tomonidan yuqori baholangan.
Albert Buyuk Yevropa ilm-faniga qadimgi yunon faylasuflari va arab olimlarining asarlarini olib kirgan. U tabiat hodisalarini, xususan, quyosh va oy tutilishi, kometalar, vulqonlar, issiq buloqlar, flora va faunani oʻrganish boʻyicha oʻzining tadqiqotlarini oʻtkazgan. Uning bu kabi ishlari uchun „Doctor universalis“ unvoni berilgan. Asosiy asarlari orasida De animalibus („Hayvonlar haqida“), De vegetalibus et plantis („Oʻsimliklar haqida“), De mineralibus („Minerallar haqida“), De caelo et mundo („Osmon va dunyo haqida“) mavjud.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.