Al-Fateh katta masjidi
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Al-Fateh masjidi (shuningdek, al-Fateh islom markazi va al-Fateh katta masjidi nomi bilan ham tanilgan) (arabcha: مسجد الفاتح; Transliteratsiya qilingan: Masjid al-Fatih) dunyodagi eng katta masjidlardan biri boʻlib, 6500 kvadrat metr maydonni egallagan va bir vaqtda 7000 dan ortiq namozxonni oʻzida sigʻdira oladi. Masjid marhum Shayx Iso bin Salmon al-Xalifa tomonidan 1987-yilda qurilgan va Ahmad al-Fateh nomi bilan atalgan. 2006-yilda bu joy Bahrayn Milliy kutubxonasiga aylantirildi.
Masjid | |
Masjidning umumiy koʻrinishi | |
Mamlakat | Bahrayn |
Shahar | Manama |
Koordinatalar | 26°13′08″N 50°35′53″E |
Maqomi | masjid[1] |
Hajmi | 7000 kishi |
Gumbazlar soni | 2 |
Gumbazlar soni | 2 |
Gumbaz yoʻgʻonligi | 24 m (79 ft) |
Minoralar soni | 2 |
Minoralar soni | 2 |
Qurilish materiallari | Beton, shisha tola |
Al-Fateh katta masjidi Vikiomborda |
Masjid Bahrayndagi eng katta namoz oʻqiladigan joy boʻlgan. U Manama shahriga qoʻshni boʻlgan Juffair shahridagi al-Fateh avtomagistrali boʻyida joylashgan. Al-Fateh masjidi tepasida qurilgan ulkan gumbaz butunlay shisha tolali xomashyodan qurilgan. Ogʻirligi 60 tonnadan ortiq boʻlgan gumbaz dunyodagi eng katta shisha tolali gumbaz hisoblanadi. Qavatlarda ishlatiladigan marmar Italiyadan, qandil esa Avstriyadan keltirilgan. Eshiklar Hindistonda oʻsadigan teak daraxtining yogʻochidan tayyorlangan[2]. Masjid devorlari kufiy xattotligi yozuvlari bilan bezaklangan.
Ahmad al-Fateh islom markazi kutubxonasida 7000 ga yaqin kitoblar mavjud boʻlib, ularning baʼzilari 100 yillik va undan ham eskiroqdir. Bularga Muhammad paygʻambarning taʼlimotlari kitoblarining nusxalari yoki hadis kitoblari, Global Arab ensiklopediyasi, Islom huquqshunosligi ensiklopediyasi, Al-Azhar jurnallari kiradi. Shuningdek, kutubxonada koʻplab davriy nashrlar va jurnallarning koʻplab sonlari mavjud[3].
Masjid ibodat qilinadigan joy boʻlishidan tashqari, Bahraynning asosiy sayyohlik maskanlaridan biri hisoblanadi. U soat 9:00 dan 16:00 gacha ochiq boʻladi hamda bu yerda amalga oshiriladigan sayohatlar turli tillarda, jumladan, ingliz, fransuz, filippin, rus va boshqa koʻplab dunyo tillarda olib boriladi. Masjid juma kunlari tashrif buyuruvchi nomozxonlar va sayyohlar uchun ochiqdir.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.