From Wikipedia, the free encyclopedia
Aksioma (qadimgi yunoncha: ἀξίωμα – axioma) – oʻz-oʻzidan ravshanligi, ayonligi sababli isbotsiz qabul qilinadigan holat, tasdiq, fikr. Deduktiv quriladigan ilmiy nazariyalarda asosiy tushunchalarning boshlangʻich xossalari. Aksiomalar tizimi bilan kiritiladi va boshqa hamma xossalar, tasdiqlar (teoremalar) ulardan foydalanib mantiqiy isbot qilinadi. Ayniyat qonuni, ziddiyat qonuni, uchinchi istisno qonuni mantiqiy Aksioma hisoblanadi. Aksiomaga misol sifatida Yevklid geometriyasifat parallellik Aksiomasini keltirish mumkin: „Tekislikda a toʻgʻri chiziqqa tegishli boʻlmagan O nuqta orqali shu toʻgʻri chiziqqa bittadan ortiq parallel toʻgʻri chiziq oʻtkazish mumkin emas“. Arximed aksiomasi, Sermelo aksiomasi va boshqa Aksioma atamasi Yunonistonda paydo boʻlgan, birinchi marotaba Aristotel asarlarida ishlatilgan.Abu Nasr Forobiy, Umar Xayyom, al-Xorazmiy va boshqa allomalar ham Aksiomani atroflicha tekshirishgan[1].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.