From Wikipedia, the free encyclopedia
Ahmad Masʼud (dariycha: احمد مسعود) — afgʻonistonlik siyosiy arbob, millati tojik. Afgʻoniston qahramoni — Ahmad Shoh Masʼudning oʻgʻli va izdoshi. 2016-yildan „Massoud Foundation“ bosh direktori[1]. 2019-yil 5-sentabrda Panjsher vodiysidagi maqbarada otasining izdoshi deb eʼlon qilingan[2].
Ahmad Masʼud | |
---|---|
Tavalludi |
1989-yil Piyu, Taxor viloyati, Afgʻoniston Demokratik Respublikasi |
Fuqaroligi | Afgʻoniston |
Taʼlimi |
Kingʻs College London, City, University of London |
Kasbi | Massoud Foundation bosh direktori |
Faoliyat yillari | 2021–hozirgacha |
Millati | tojik |
Dini | islom |
Ota-onasi |
|
Ahmad Masʼud Taxor viloyatida tojik oilasida tugʻilgan[3]. Eronda oʻrta maktabni tugatgach, Sandhurst Qirollik harbiy akademiyasida oʻqigan[4]. 2012–2015 yillarda u London Qirollik kollejining harbiy tadqiqotlar fakultetida oʻqigan. 2016-yil London shahar universitetida magistr darajasini olgan[5][6][7].
2016-yil Afgʻonistonga qaytgan Ahmad Masʼud „Massoud Foundation“ bosh direktori etib tayinlanadi[8][9].
Ahmad Masʼud 2019-yil martdan rasman siyosat bilan shugʻullana boshlaydi[10][11][12][13].
2021-yil Tolibon hujumlari fonida Masʼud Panjsher viloyatida Tolibonga qarshi kurashish uchun katta harbiy kuch toʻpladi[14][15]. Kobul qulaganidan soʻng u Afgʻonistonning birinchi vitse prezidenti Amrulloh Solih bilan qoʻshilgan holda „Tolibon“ hokimiyatini tan olmadi va qarshilik koʻrsatishda davom etmoqda[16].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.