From Wikipedia, the free encyclopedia
Abdumoʻmin Abdumajidovich Oʻtbosarov (1960-yil 24-aprel — 2016-yil 1-yanvar, Toshkent, Oʻzbekiston) — Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi suhandoni, Oʻzbekiston xalq artisti (2014)[1].
Abdumoʻmin Oʻtbosarov 1960-yil 24-aprel kuni Toshkent shahrida xizmatchi oilada dunyoga keladi. otasi oʻqituvchi, onasi esa tibbiyot xodimi boʻlgan. Oilada toʻrt farzand boʻlib, Abdumoʻmin ikkinchisi edi. Otasi suratga olishni yaxshi koʻrgani uchun oʻgʻlini ham shunga undadi.
U maktabni bitirib, 1977-1979-yillarda Xabarovsk oʻlkasida Sovet Armiyasi saflarida xizmat qilgan. U yerda boʻlajak suxandonning fotografiyadan xabari borligini bilishgach, uni fotomuxbir boʻlib faoliyat yuritishga taklif etishadi.
Harbiy xizmatdan qaytgach esa hujjatlarini Toshkent davlat universiteti jurnalistiga fakultetining kechki boʻlimiga (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) topshiradi va hujjatlar bilan birga, u maqola va ocherklari chop etilgan harbiy gazetalardan olingan parchalarni qoʻshib topshiradi. Bu maqolalar uni kirish imtihonlarisiz universitetga qabul qilishda xizmat qildi.
1981-yilda Oʻtbosarov Televideniyega rejissor yordamchisi sifatida ishga qabul qilindi.
Oʻtbosarov 1986-yilda Suhandonlar guruhiga diktor sifatida oʻtkazildi.
1988-1989-yillarda Moskvaga Televideniye va radioeshittirish xodimlari malakasini oshirish Butunittifoq institutiga yuborildi. Uning ustozi Markaziy televideniyening bosh diktori Igor Kirillov edi. Abdumoʻmin Oʻtbasarov Ostankinoda teledasturlar boʻyicha diktor boʻlgan. Moskvadan qaytgach, Oʻzbekiston televideniyesida suhandonlik faoliyatini davom ettirdi.
Adumoʻmin Abdumajidovich oʻzining barcha mehnat faoliyati davomida suhandon boʻlib ishlagan. „Axborot“ axborot dasturini olib borgan, „Umid nihollari“, „Barkamol avlod“ kabi koʻplab sport tadbirlarining ochilishida ishtirok etgan. U quyidagi davlat tadbirlarida mezbonlik qilgan: SHHT xalqaro sammiti; „Sharq taronalari“ xalqaro musiqa festivali; xorijiy davlatlar rahbarlarining tashriflariga bagʻishlangan konsertlar va bayram tadbirlarini oʻtkazgan.
U bir qancha „Topgan gul…“ satirik sheʼrlar toʻplamlarining muallifi boʻlgan.
Suhandonning soʻnggi chiqishi 2015-yil 31-dekabr kuni Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimovning Yangi yil tabrigi boʻldi. Dasturdan soʻng uning yurak xuruji tutib, Toshkent tibbiyot akademiyasining jonlantirish boʻlimida bu yorugʻ olamni tark etadi.
Abdumoʻmin Oʻtbosarov ismi-sharifi yodga olinganda „oʻta yuqori madaniyatli, ilmli, ogʻir-vazmin, oʻz ishining ustasi, ajoyib qalam sohibi“ degan eʼtirof unga loyiq. Oʻz kasbining tajribali suxandoni ustozlariga munosib izdosh boʻla olgan, oilaparvar, mehribon ota, har bir kishi qalbidan munosib oʻrin egallagan inson edi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.