From Wikipedia, the free encyclopedia
Abdumavlon Abduqodir oʻgʻli Abdujalilov (ruscha: Абдужалилов, Абдумавлон Абдукодир оглы; 22-dekabr 1994-yil, Toshkent) – Oʻzbekistonlik futbolchi, darvozabon pozitsiyasida oʻynaydi. FIFA U-17 Jahon chempionati 2011 musoboqasida Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan[1].
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Abdumavlon Abduqodir oʻgʻli Abdujalilov | ||
Tavallud sanasi | 22-dekabr 1994-yil | ||
Tavallud joyi | Toshkent Oʻzbekiston | ||
Boʻyi | 1.88 cm (1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Darvozabon | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Lokomotiv | ||
Raqami | 1 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
—2013 | Paxtakor | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2014—2018 | Neftchi | 38 | (0) |
2019—2020 | Bunyodkor | 32 | (0) |
2021— | Lokomotiv | 53 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2009—2011 | Oʻzbekiston U-17 | 5 | (0) |
2012—2014 | Oʻzbekiston U-20 | 5 | (0) |
2014—2017 | Oʻzbekiston U-23 | 3 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Abdumavlon „Paxtakor“ futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2014-yilgi mavsum oldidan Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi tarkibiga oʻtgan va dastlabki ikki mavsum davomida oʻribosarlar jamoasi tarkibida harakat qilgan. 2016-yilgi mavsumda asosiy jamoa aʼzosiga aylangan va Oʻtkir Yusupov bilan raqobatda darvozani qoʻriqlagan[2][3]. 2018-yilgi mavsumda „Neftchi“ jamoasi muvaffaqiyatsiz natijalardan soʻng Oʻzbekiston Superligasini tark etdi va Abdumavlon „Bunyodkor“ klubi tarkibiga oʻtgan. 2019—2020-yilgi mavsumlarda „Bunyodkor“ klubida oʻynagan boʻlsa, 2019-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Superligasida uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan. 2021-yilgi mavsum oldidan Toshkentning boshqa bir jamoasi, „Lokomotiv“ klubi bilan shartnoma imzolagan[4]. 2022-yilgi va 2023-yilgi mavsumda eng koʻp oʻz darvozasini quruq saqlagan darvozabonlardan biri boʻlgan[5].
Abdumavlon Oʻzbekiston terma jamoasining bir necha yosh toifasida oʻynagan[6][7] ammo asosiy jamoa tarkibida hali debyut qilmagan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.