From Wikipedia, the free encyclopedia
Abdulloh ibn Hamdon (arabcha: عبد الله بن حمدان — Abdulloh ibn Hamdon ibn Hamdun ibn Abu-l-Hayjo,? — 320/932, Bag‘dod) — Hamdoniylar sulolasining asoschisi.
Abdulloh ibn Hamdon ibn Hamdun ibn Abu-l-Hayjo | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti |
milodiy 932-yil (hijriy 320-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi |
Hamdoniylar sulolasining asoschisi |
Tag‘lib qabilasiga mansub bo‘lgan va sulolaga o‘z ismini bergan Hamdon ibn Hamdun 259/873-yildan eʼtiboran Mosul va atrofida sodir bo‘layotgan siyosiy voqealarda ko‘rsatgan faoliyati bilan abbosiy xalifaligi nazdida eʼtibor qozongan. Buning natijasida uning o‘g‘illari ham davlatning yuksak vazifalariga tayinlangan. Hamdonning ikkinchi o‘g‘li Abdulloh 901-yilda xalifaning xizmatiga kiradi. Uch yildan keyin qarmatiylar bilan bo‘lgan urushda og‘abegi Husaynning maxsus kuzatuvchilari huzurida harbiy qobiliyatini namoyish qiladi, natijada 293/905-906-yillarda Mosul voliyligiga tayinlanadi. Bu vaqtda Muhammad ibn Bilolning qo‘mondonligida isyon qilgan hazboniylarga qarshi yuborilib, keskin kurashlar natijasida ularni itoati ostiga oladi. Abdulloh ibn Hamdon Og‘abegi Husaynning xalifaga qarshi isyoni vaqtida xalifa qo‘shini orasida bo‘ladi va og‘abegini asir olib, eʼtibor qozonadi. 301/913-14-yilda maʼlum bo‘lmagan sababga ko‘ra, Mosul voliyligidan ozod etiladi. So‘ng isyon qilib Mosulni kuch bilan qo‘lga olishga harakat qiladi, ammo bu ishning uddasidan chiqa olmaydi va xalifadan omonlik tilashga majbur bo‘ladi. Xalifa Muqtadir uni afv etib, xil’at qiydiradi va keyingi yil yana Mosul voliysi etib tayinlaydi. 303/915-16-yilda Husayn yana takror isyon qiladi va shu sabab Hamdoniy oilasiga mansub shaxslar hisbga olinadi.
Bir oz vaqtdan so‘ng Abdulloh ibn Hamdon ozod qilinadi. Abdulloh ibn Hamdon 919-yil Ardabil yaqinida Bani Sojdan bo‘lgan Yusuf ibn Abu-s-Sojni qo‘lga olganidan keyin hamdoniylar takror eski mavqelarini tiklaydilar. Abdulloh ibn Hamdon avval Dinavar voliyligiga tayin etilib, unga Xuroson yo‘li tinchligini saqlash vazifasi topshiriladi. 925-yilda uchinchi marta Mosul voliyligiga tayinlanadi. Shunday qilib Mosulda Hamdoniy hokimiyati o‘rnatiladi. Voliy va xilofat qo‘shinining qo‘mondoni sifatida nufuzli mavqega ega bo‘lgan Abdulloh ibn Hamdon, Mosul va uning atrofida doimiy qarshiliklar ko‘rsatayotgan badaviylarni itoati ostiga oladi va mintaqada tinchlikni taʼminlaydi.
Qarmatiylarga qarshi kurashda muhim rol o‘ynagan Abdulloh ibn Hamdonga xalifa tomonidan haj yo‘llarini nazorat qilish topshiriladi. U qarmatiylar bosqini sabab juda ko‘p yo‘qotishlarga uchraydi. O‘zi va yuzlarcha askarlari bilan asir olinadi. Basra va Xuzistonga ega chiqish istagida bo‘lgan qarmatiylar raisi Abu Tohir Abdulloh ibn Hamdonni yaxshi qarshi oladi va kelishuvlarda o‘rtaga tushishi uchun asirlar bilan birga uni ham ozod qiladi. Xalifa bilan qarmatiylar orasida kelishuv taʼminlanmaganidan keyin Abu Tohir 927-yilning noyabrida yana bosqin uyushtirib Kufani qo‘lga oladi. Bir oydan keyin Kufa yaqinida bo‘lib o‘tgan jangda qarmatiylarning g‘alaba qozonishi Bag‘dodda katta notinchlikka sabab bo‘ladi. Xalifa Munis al-Xodim qo‘mondonligi ostidagi 40000 kishilik qo‘shinni qarmatiylarga qarshi yuboradi. Abdulloh ibn Hamdon ham qatnashgan bu qo‘shin Bag‘dod yaqinida qarmatiylar bilan jangga kirishadi, biroq har ikki tomon ham katta yo‘qotishlarga uchragani sababli chekinishga majbur bo‘ladi.
Abdulloh ibn Hamdon hayotining oxirgi yillarida ham markazdagi siyosiy kurashlarda qatnashadi. U Muqtadirning taxtdan tushirilib, Qohir-billahning xalifa bo‘lishida muhim rol o‘ynagan. Abdulloh ibn Hamdon Bag‘dodda birin-ketin sodir bo‘lgan g‘alayonlar vaqtida vafot etadi. Hamdoniylar asoschisi bo‘lgan Abdulloh ibn Hamdon, mahoratli qo‘mondon va boshqaruvchi edi. Hayotining katta qismi jang maydonlarida o‘tgani sababli Abu-l-Hayjo (muhorabalar otasi) laqabi bilan mashhur bo‘lgan[1].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.