sovet va oʻzbek fizika-matematika fanlari doktori From Wikipedia, the free encyclopedia
Abdulla Aʼzamovich Aʼzamov (1947-yil 21-aprel, Baliqchi tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR) – sovet va oʻzbek fizika-matematika fanlari doktori (1987)[1], professor, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi aʼzosi (2013)[2], Oʻzbekiston matematiklari jamiyati prezidenti (2013), TWMS (Turkiy xalqlar matematiklar jamiyati) vitse-prezidenti (2017)[3]. „Xalq taʼlimi aʼlochisi“ koʻkrak nishoni, Xalqaro Bobur mukofoti (2015), „Mehnat shuhrati“ ordeni (2016) va „Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi“ faxriy unvoni sohibi[4].
Abdulla Aʼzamovich Aʼzamov | |
---|---|
Tavalludi |
1947-yil 21-aprel Andijon viloyati, Baliqchi tumani, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | SSSR → Oʻzbekiston |
Kasbi | fizika va matematika oʻqituvchisi |
Ish joylari |
Namangan davlat universitetiga rektor (1993) Oʻzbekiston Milliy universiteti va Moskva davlat universitetining Toshkent filiali Tafakkur jurnali bosh muharririning oʻrinbosari (1999–2000) Oʻzbekiston Respublikasi Prezident devonida masʼul xodim (2000–2011) |
Institutlar | Oʻzbekiston Milliy universiteti |
Taʼlimi |
Toshkent davlat universiteti Moskva davlat universiteti |
Ilmiy darajasi | Dotsent |
Ilmiy unvoni | professor |
Mukofotlari |
1973-yildan respublika matematika olimpiadasi hakamlar hay’ati aʼzosi, 1989–1991-yillarda Sobiq ittifoq matematika olimpiadasi hakamlar hay’ati aʼzosi. 1974-yil Toshkent davlat universiteti Matematika fakulteti kengashida nomzodlik, 1987-yilda Sankt-Peterburg davlat universitetining Matematika-mexanika fakulteti maxsus kengashida doktorlik dissertatsiyalari yoqlagan. Aʼzamovga 1981-yili dotsent va 1989-yili professor unvoni berilgan[5].
2013-yildan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. 2017-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi . 1972–1975-yillarda „O‘zbek sovet ensiklopediyasi“ bosh tahririyatida yetakchi muharrir, 1999–2000-yillarda „Tafakkur“ jurnali bosh muharririning oʻrinbosari va 2000–2011-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezident devonida masʼul xodim sifatida faoliyat yuritgan .
Abdulla Aʼzamov 1947-yil 21-aprelda Andijon viloyatining Baliqchi tumanida tavallud topgan[5]. Millati oʻzbek. 1953–1964-yillarda u oʻzi tugʻilib oʻsgan tumandagi 1-sonli oʻrta maktabda tahsil olgan. 1963-yilda „Yosh leninchi“ gazetasi tomonidan uyushtirilgan sirtqi olimpiadada qatnashgan. 1964-yilda oʻrta maktabni oltin medal bilan tamomlagan va Toshkent davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning Mexanika-matematika fakultetiga oʻqishga kirgan. 1966-yili bir guruh talabalar bilan oʻqishni davom ettirish uchun M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetiga yuborilgan. 1970-yilda oʻqishni tamomlagan[3].
Abdulla Aʼzamov 1971–1972-oʻquv yilidan boshlab differensial tenglamalar fanidan maʼruza oʻqigan[5]. 1972–1975-yillarda (oʻrindoshlik asosida) „O‘zbek sovet ensiklopediyasi“ bosh tahririyatida yetakchi muharrir lavozimida ishlagan. 1973-yildan Oʻzbekiston SSR matematika olimpiadasi hakamlar hay’ati aʼzosi, 1989–1991-yillarda Sobiq ittifoq matematika olimpiadasi hakamlar hay’ati aʼzosi boʻlgan[5]. U Toshkent davlat universitetining Matematik analiz kafedrasiga assistent lavozimiga qabul qilgan, 1980–1993-yillarda Differensial tenglamalar kafedrasida dotsent, professor va kafedra mudiri boʻlib ishlagan. 1992–1993-yillarda Matematika fakultetiga dekan etib tayinlangan. Aʼzamov 1993-yilda Namangan davlat universitetiga rektor etib tayinlandi. 1998–1999-yillarda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi markazida boʻlim boshligʻi, 1999–2000-yillarda „Tafakkur“ jurnali bosh muharririning oʻrinbosari, 2000–2011-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezident devonida masʼul xodim sifatida faoliyat yuritgan[3].
1974-yil Toshkent davlat universiteti Matematika fakulteti kengashida nomzodlik, 1987-yilda Sankt-Peterburg davlat universitetining Matematika-mexanika fakulteti maxsus kengashida doktorlik dissertatsiyalari yoqlagan. Unga 1981-yil dotsent, 1989-yili professor unvoni berilgan. Namangan dorilfununiga rahbarlik qilib yurgan yillarida (1993–1997)[3][6] ham ilmiy-pedagogik faoliyatini olib borgan. Uning „Munojatnoma“ asari Alisher Navoiy gʻazallarining ilmiy-tarixiy tahliliga bagʻishlangan. U Namangan davlat universitetiga rektor boʻlgan davrida „Usmon Nosir qayerda?“ pyesasini yozadi va asar viloyat teatrida qoʻyiladi[5].
Aʼzamov Oʻzbekiston Milliy universiteti va Moskva davlat universitetining Toshkent filialida maʼruzalar oʻqigan. 2013-yildan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi va 2013-yil Oʻzbekiston matematika jamiyatining raisi etib saylangan[3]. Turkiy xalqlar matematiklar jamiyati vitse-prezidenti (2017) hamda 2017-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi hisoblanadi[7].
Abdulla Aʼzamovning 2 ta oʻgʻli va 1 ta qizi bor[5].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.