From Wikipedia, the free encyclopedia
Bakirov Abbos (1910.16.5 — Andijon — 1974.29.1) — aktyor va teatr rejissyori. Oʻzbekiston xalq artisti (1939).
Abbos Bakirov | |
---|---|
Tavalludi |
16-may 1910-yil |
Vafoti |
29-yanvar 1974-yil (63 yoshda) Andijon |
Fuqaroligi | |
Kasbi | Aktyor, rejissyor |
Faoliyat yillari | 1931-1972-yillar |
Turmush oʻrtogʻi | Qamara Burnasheva |
Bolalari | Oybarchin Bakirova |
Mukofotlari |
Abbos Bakirov 16-may 1910-yilda Andijonda tugʻilgan. Otasi Said Bakir Ubaydullo oʻqimishli odam bo‘lib, tabiblik ilmidan xabardor bo‘lgan yana muqovasozlik bilan shug‘ullangan. Onasi Sadoyixon Sayid Vaqqos qizi ham o‘z davrining oʻqimishli ayollaridan biri boʻlgan. Aktyor oilada toʻrt farzandning kenjasi bo‘lgan[1].
Faoliyatini 1931-yil Yo‘ldosh Oxunboboyev nomidagi Andijon viloyat musiqali drama va komediya teatrida aktyor sifatida boshlagan. Bu davrda teatr direktori Muhitdin Qoriyoqubov, badiiy rahbar To‘xtasin Jalilov edi. Abbos Bakirov deyarli 50 yil davomida Andijon teatrida ishladi. Avvalida saxna ishchisi bo‘lgan keyinchalik aktyor, rejissyor, bosh rejissyor va badiiy rahbar lavozimiga ko‘tarilgan. Rejissyorlik faoliyatida aktyorga asosan Ishoqxon qori Karimov ustozlik qilgan. Teatrda aktyor sifatida ishlaganda sahnada Mahkam polvon („Bogʻbon qiz“), Qosim dehqon („Ontarish“), Muslimboy („Halima“) va boshqa uning ilk obrazlaridir. Rustam („Rustam“), Ferdinand („Makr va muhabbat“), Gʻofir („Boy ila xizmatchi“), Romeo („Romeo va Julyetta“) kabi obrazlari bilan tomoshabinlar qalbidan joy olgan. Bakirov tabiatan qatʼiyatli, intiluvchan kishi boʻlgani holda obrazlarga ham shu hislatlarni singdirishga harakat qilgan.
Teatrda ko‘plab rollarni ijro etgandan so‘ng katta tajriba bilan kino olamiga kirib kelgan. 1939-yil birinchi oʻzbek ovozli filmi — „Azamat“dagi Azamat roli uning kinodagi faoliyatini boshlab berdi. Shundan so‘ng unga yangidan-yangi rollar ishonib topshirila boshlandi. 1943-yili „Nasriddin Buxoroda“ 1955-yili „Amirlikning parchalanishi“ filmlariga taklif etilgan. Rejissyorlar Latif Fayziyev va Vladimir Basov tomonidan suratga olingan „Amirlikning parchalanishi“ filmidagi Amir Olimxon obrazi aktyorga katta shuhrat keltirgan. Amir Olimxon obrazini yaratgandan keyin „Abu Ali ibn Sino“ filmida Sulton Mahmud, „Hamza“ (1961-yili) filmida Shayx Ismoil, „Osiyo ustidagi bo‘ron“ filmida Qoplonbek, „O‘tgan kunlar“ filmida Yusufbek hoji rollarini ijro etgan.
Eng yaxshi rollari: Amir Olimxon (Amirlik parchalanishi), Sulton Mahmud („Abu Ali ibn Sino“), Abbos („Ulugʻbek yulduzi“), Aʼzamxon („Ikki dil dostoni“), Yusufbek hoji („Oʻtgan kunlar“) va boshqa Insonning shaxsiy kechinmasi bilan eʼtiqodi, dunyoqarashini mushtarak tarzda koʻrsatishda, ayniqsa, Yusufbek hoji roli Bakirovni realistik sanʼatning moxir ustasi ekanini koʻrsatdi. B. ijobiy va salbiy rollarni bir xil mahorat bilan oʻynagan. U sahnada tana, qoʻl harakatlaridan, ayniqsa, yuz, koʻz va ohangdan ustalik bilan foydalangan. Rejissyor sifatida1940-yildan boshlab faoliyat yurita boshlagan va 40 dan ortiq spektakllarni sahnalashtirgan. Xalq tarixi, urf-odatlarini yaxshi bilganligi tufayli Bakirov milliy asarlarni alohida muvaffaqiyat bilan omma oldiga olib chiqgan: „Alisher Navoiy“, „Shohi soʻzana“, „Ogʻriq tishlar“, „Muqimiy“, „Xolisxon“, „Nurxon“, „Nodira“, „Layli va Majnun“ va boshqalar shular jumlasidandir[2].
Abbos Bakirov 1940-yilda aktrisa Qamara Burnasheva bilan turmush qurgan[1]. Ularning qizi Oybarchin Bakirova 1957-yil 27-iyunda tug‘ilgan. U ham aktrisa va unga 2000-yilda O‘zbekiston xalq artisti unvoni berilgan[3].
Aktyor 1974-yil 29-yanvarda vafot etgan va Andijonga dafn qilingan.
Andijon shahar yoshlar teariga, shuningdek, shahardagi kinoteatrlardan biriga Abbos Bakirov nomi berilgan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.