From Wikipedia, the free encyclopedia
5-Minute Crafts — bu TheSoul Publishing kompaniyasiga tegishli, asosan, DIY uslubidagi videolar yuklaydigan YouTube kanal[1][2][3]. 2022-yil noyabr holatiga koʻra, 5-Minute Crafts youtubedagi 13-eng koʻp obunachiga ega sahifa[4]. Kanal Facebookda ham obunachilar soni boʻyicha 5-oʻrinni egallab turibdi. Sahifa Kipr Respublikasining Limasol shahridan turib yuritiladi.
5-Minute Crafts | ||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
YouTube maʼlumoti | ||||||||||||||||
Kanal | ||||||||||||||||
Yaratuvchi | TheSoul Publishing | |||||||||||||||
Faoliyat yillari | 2016–hozirgacha | |||||||||||||||
Janr |
| |||||||||||||||
Obunachilar | 80.1 million | |||||||||||||||
Jami koʻrishlar | 26.2 milliard | |||||||||||||||
| ||||||||||||||||
Yangilangan 7-yanvar, 2023-yil |
5-Minute Craftsning YouTubedagi videolari avval Instagram yoki Facebookda joylangan videolar jamlanmasidir[5][6].
Kanal mazmuni asosan hunarmandchilik va life hackga oid videolardan iborat boʻlib, how-to formatida va vaqti-vaqti bilan ilmiy tajribalardan iborat. Kanal videolarida kamera obyektlar joylashgan stolga qaratiladi va kadrda faqat odamning qoʻllari paydo boʻladi va bu obyektlar yordamida kontent yaratiladi[7].
TheSoul Publishing rossiyalik tadbirkorlar Pavel Radayev va Marat Muxametov tomonidan tashkil etilgan boʻlib, 5-Minute Craftsdan oldin AdMeni ishga tushirgan va ijtimoiy media kontentini yaratish boʻyicha tajribaga ega jamoa edi[2][8]. 2017-yil mart oyida Bright Side nomi ostida YouTube kanal ochdi[9][10]. 5-Minute Crafts esa 2016-yil 15-noyabrda TheSoul Publishing tomonidan YouTube platformasida roʻyxatdan oʻtkazildi[11].
Ertasi kuni kanalning birinchi „5 essential DIY hacks that you need to know“ nomli videosi yuklandi[12].
2017-yilda kanal obunachilari va videolarda koʻrishlar soni tez surʼatda oʻsishni boshladi. Mic media kompaniyasi tomonidan 2017-yil iyun oyida chop etilgan maqolada 5-Minute Crafts 4 milliondan ortiq obunachi toʻplagani qayd etilgan[13].
2017-yilning oktyabr oyidan boshlab 5-Minute Crafts global hisoblangan arab, nemis, ispan, fransuz, portugal, yapon, xitoy, niderland, italyan, rus va koreys tillarida videolar chiqarishdi boshladi.
2018-yil aprel oyida Tubefilter YouTubeda bahorgi tozalikni oʻz ichiga olgan videolarga oid trendni yoritib, 5-Minute Crafts ishtirokiga alohida toʻxtatilib oʻtdi[14].
Noyabr oyiga kelib, Vox 5-Minute Crafts oʻsha paytdagi 10 milliarddan ortiq video koʻrishlar va 40 million obunachi bilan YouTubedagi eng koʻp obunachiga ega beshinchi kanal sifatidagi reytingini taʼkidlab, „juda muvaffaqiyatli kanal“ deya taʼrifladi[2].
Kanal muvaffaqqiyatiga 2018-yil dekabr oyida bir hafta davomida videolari 238 milliondan ortiq koʻrilgani ham asos boʻla oladi[1].
2020-yil may oyida 5-Minute Crafts Pinterest da oʻzining birinchi ingliz tilidagi kanalini ochdi[15].
2020-yil iyul oyida 5-Minute Crafts Mattel bilan birga baʼzi kompaniyalar uchun hamkorlikda videolar oldi[16].
2021-yil noyabr oyida kanal YouTubeda oʻzining 5 yilligini nishonlayotganida kanalda 1,7 milliard soatdan ortiq tomosha va 21 milliard koʻrishlar soniga erishgan edi[17].
2021-yil 18-noyabrida Variety 5-minute Crafts oilasi YouTube Shorts boʻyicha 433 millionga yaqin koʻrishlar soni bilan eng yuqori kanal ekanligini izohladi[18].
2022-yil yanvar holatiga koʻra, kanal 75,4 million obunachiga ega boʻlib, YouTube tomonidan boshqarilmaydigan eng koʻp obunachiga ega boʻlgan oʻn birinchi kanal hisoblanadi[4].
DIY yoʻnalishiga koʻproq eʼtibor qaratgan holda, 5-Minute Crafts oʻz videolarini Pinterestda tarqatish uchun moslashtira boshladi. Faoliyatini ingliz, ispan va portugal tillarida yaratishdan boshlagan 5-Minute Craftsning Pinterest bilan qilgan bu hamkorligi The Drum Awards for the Digital Industries 2021 tomonidan eʼtirof etildi va „Best use of Pinterest“ mukofotiga sazovor boʻldi[19].
Kanal noodatiy va potentsial xavfli life hacklari hamda klikbeytdan faol foydalanishi sababli tanqidga uchradi[2][20][21][22]. Vox 5-Minute Crafts-ni „gʻalati“ deb ta’riflab, uning videolarini „hech kim takrorlay olmaydigan yoki takrorlamasligi kerak boʻlgan DIY videolar“ deb ta’rifladi va kanalning klikbeytdan koʻp foydalanayotganini tanqid qildi[2].
Mashable kanal videolarini „bemaʼni“ va ehtimol trollingning bir koʻrinishi deb taʼriflab, tuxumni sirkaga botirgandan soʻng chinor siropi uni „avvalgidan kattaroq“ qilishini koʻrsatadigan videoni ajratib koʻrsatdi[20].
BBCning Click nashri 5-Minute Craftsni „fake kitchen hacks“ videosi uchun tanqid qildi: videoda makkajoʻxori mikrotoʻlqinli pechda pishirilganda popkorn ishlab chiqargan videodagidek emas, balki boshoq faqat isitilganini aytgan edi[21].
How to Cook That YouTube kanali yurutuvchisi Ann Reardon 5-Minute Craftsni klikbeyt retsept kanallar roʻyhatiga qoʻshib, „pishirish olamining soxta yangiliklari“ deb taʼriflagan va kanaldagi bir nechta videolarini tekshirgan. Xususan, u „oq qulupnay“ hosil qilish uchun qulupnayni oqartiruvchi moddaga namlangani tasvirlangan videoni tanqid qilib, bunday qulpnayni yeyishi xavfli boʻlishini aytgan[21]. Bunday tanqidlardan soʻng kanal bu mazmundagi videolar ishlashni toʻxtatgan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.