From Wikipedia, the free encyclopedia
"Mustaqillik" ordeni — Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlaridan biri. Bu orden bilan Oʻzbekiston fuqarolari mustaqil huquqiy davlat barpo etish va uni mustahkamlashga, respublikada tinchlik va taraqqiyotni taʼminlashga qoʻshgan ulkan hissalari uchun mukofotlanadilar. Ayrim hollarda Oʻzbekiston fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin. 1994-yil 5-maydagi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni bilan taʼsis etilgan.[1]
Mustaqillik ordeni | |||
---|---|---|---|
| |||
Asl nomi | Мустақиллик ордени | ||
Mamlakat | Oʻzbekiston | ||
Turi | davlat mukofoti | ||
Kimga topshiriladi | Oʻzbekiston va chet el fuqarolariga | ||
Taqdirlash asosi | mustaqil huquqiy davlat barpo etish va uni mustahkamlashga, respublikada tinchlik va taraqqiyotni taʼminlashga qoʻshgan ulkan hissalari uchun mukofotlanadilar. | ||
Holati | topshiriladi | ||
Statistika | |||
Taʼsis sanasi | 1994-yil 5-may | ||
Birinchi taqdirlash | 1996-yil | ||
Navbat | |||
Toʻngʻich mukofot | Oliy darajali doʻstlik ordeni | ||
Kenja mukofot | Amir Temur ordeni | ||
Orden 1 mikron qalinlikda oltin qoplangan 925 darajali kumushdan tayyorlanib, ikki yon bagʻridan zarhal nur taralgan sakkiz qirrali musamman koʻrinishida. Ordenning markazida mustaqillik ramzi boʻlgan Humo qushi kumush rangda tasvirlangan. „Mustaqillik“ ordeni koʻkrakning oʻng tomoniga taqiladi.[2]
„Mustaqillik“ ordeni bilan mukofotlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar rahbarlarining hamda jamoat birlashmalari respublika organlarining taqdimnomasiga binoan amalga oshiriladi. „Mustaqillik“ ordenini va bu mukofotga oid tegishli hujjatni tantanali va keng oshkoralik vaziyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki uning nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri topshiradi. „Mustaqillik“ ordeni bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh karrasi miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti oladilar. „Mustaqillik“ ordeni bilan mukofotlangan shaxslar qonunchilikda belgilab qoʻyiladigan imtiyozlardan foydalanadilar. „Mustaqillik“ ordeni koʻkrakning oʻng tomoniga taqiladi. „Mustaqillik“ ordeni bilan vafotidan keyin mukofotlangan taqdirda orden, mukofotlash toʻgʻrisidagi hujjat va bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti mukofotlanganning oilasiga topshiriladi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.