“Oliy Darajali Doʻstlik” ordeniOʻzbekiston Respublikasi xalqining cheksiz hurmat va ehtirom ramzi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi bilan oʻzaro doʻstlik, har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini barqaror rivojlantirishda, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni hal etishda yuksak siyosiy iroda namoyon etgan, faol tashabbuslarni ilgari surgan va koʻp qirrali hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga yangicha ruh, chuqur va amaliy mazmun bagʻishlagan hamda Oʻzbekiston Respublikasi oldidagi alohida e’tirof etilgan yuksak xizmatlari uchun:

  • xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlari;
  • xorijiy mamlakatlar parlamentlari vakillari;
  • xalqaro tashkilotlar, diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari hamda ularga tenglashtirilgan boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillari;
  • atoqli davlat va jamoat arboblari, ilm-fan, ta’lim va tarbiya, sogʻliqni saqlash, ma’naviyat, madaniyat va sport sohalarining koʻzga koʻringan ulkan namoyandalari, insonparvarlik ruhidagi ezgu ishlari bilan nom qozongan metsenatlar, biznes hamjamiyatining taniqli vakillari mukofotlanadi[1].
Qisqa faktlar Mamlakat, Turi ...
Oliy darajali doʻstlik ordeni
Thumb
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi Orden
Kimga topshiriladi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolar,Chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar
Taqdirlash asosi Oʻzbekiston Respublikasi bilan oʻzaro doʻstlik, har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini barqaror rivojlantirishda, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni hal etishda yuksak siyosiy iroda namoyon etgan, faol tashabbuslarni ilgari surgan va koʻp qirrali hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga yangicha ruh, chuqur va amaliy mazmun bagʻishlagan hamda Oʻzbekiston Respublikasi oldidagi alohida e’tirof etilgan yuksak xizmatlari uchun
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 1996-yil 24-aprel
Yopish

Koʻrsatgan munosib xizmatlari uchun

  • Oʻzbekiston Respublikasi bilan chet davlatlari oʻrtasida har tomonlama manfaatli sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, oʻzaro hurmat va ishonchni kuchaytirishdagi shaxsiy hissasi;
  • xorijiy mamlakatlarning xalqlari bilan doʻstlik, hamjihatlik va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash borasida koʻrsatgan alohida xizmatlari;
  • umuminsoniy va milliy ma’naviy qadriyatlarni, tarixiy merosimizni asrab-avaylash, oʻrganish va keng targʻib etish, turli xalqlar madaniyati va san’atini yanada boyitishdagi faol ishtiroki;
  • tashqi iqtisodiy faoliyatni kengaytirish, yirik ijtimoiy-iqtisodiy va investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shuningdek innovatsion gʻoya va texnologiyalarni yaratish hamda turli sohalarga tatbiq etishda erishgan salmoqli natijalari;

Ilm-fan rivojiga qoʻshgan hissasi uchun

  • ilm-fan va ma’rifat, madaniyat, san’at va adabiyot, ta’lim, sogʻliqni saqlash va sport sohalarini, shuningdek inson kapitalini rivojlantirish borasidagi katta yutuqlari;
  • inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xotin-qizlar va bolalarni qoʻllab-quvvatlash, oila institutini mustahkamlashdagi koʻp yillik va fidokorona mehnati;
  • kuchli va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish, fuqarolik jamiyati institutlarining mamlakatimizni demokratik yangilashdagi roli va ahamiyatini oshirish, jamiyat va davlat oʻrtasidagi tizimli va samarali muloqotni yoʻlga qoʻyish va mustahkamlashdagi ulkan xizmatlari;

Jamiyat va atrof-muhitni asrab-avaylash yoʻlida

  • ekologik muammolarni hal etish, sayyoramiz va mamlakatimizda qulay atrof-muhitni ta’minlash, inson genofondini saqlash, bioxilma-xillik va tabiiy boyliklarni asrab-avaylash, hozirgi va kelgusi avlodning ekologik xavfsizligi haqida gʻamxoʻrlik qilishga qaratilgan koʻp yillik samarali faoliyati;
  • xalqaro miqyosdagi ulkan jamoatchilik, gumanitar va xayriya faoliyati uchun mukofotlanadi.

Kimlarga beriladi

“Oliy Darajali Doʻstlik” ordeni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar taqdirlanishi mumkin. Bunda “Oliy Darajali Doʻstlik” ordeni chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun Oʻzbekiston Respublikasining oliy davlat mukofoti hisoblanadi.

Tavsifi

“Oliy Darajali Doʻstlik” ordeni 1 mikron qalinlikdagi 999 probali oltin bilan qoplangan 110 gramm ogʻirlikdagi 916 probali kumushdan tayyorlanadi va toʻrtta qoplamali medalondan iborat boʻladi. Birinchi va ikkinchi medalonlar oʻzaro uygʻunlikda quyosh timsolidagi oʻn olti qirrali yulduzni ifodalaydi. Diametri 63,4 millimetrli oksidlangan kumushdan tayyorlangan birinchi sakkiz qirrali yulduz qirralarining har biri uchta nurdan tashkil topgan. Diametri 70 millimetrli ikkinchi sakkiz qirrali yulduz och xira kumushdan tayyorlangan va zarhal hoshiyali qavariq nurlardan iborat. Nurlarning ustki qismiga uzunligi 7,8 millimetrli zarhallangan shakldor barglar yotqizilgan.

Uchinchi medalon diametri 42,1 millimetrli, zarhallangan, ikki qirrali nurlarga ega boʻlgan sakkiz qirrali yulduzni ifodalaydi hamda uning ustki qismiga sirlangan kumushdan va naqshli toshlardan tayyorlangan diametri 39,5 millimetrli toʻrt qirrali nurlarga ega boʻlgan sakkiz qirrali yulduz joylashtirilgan.

Ordenning markazida joylashgan toʻrtinchi medalon diametri 24,6 millimetrli, koʻk rangli emal bilan qoplangan, zarhallangan aylana bilan oʻralgan va pastki chetlari 2,4 millimetr oʻlchamdagi 0,96 karatli 6 ta brilliant bilan naqshlangan doirani ifodalaydi. Medalonning yuqori qismida zarhallangan “OLIY DARAJALI DOʻSTLIK” yozuvi tushirilgan. Harflarning balandligi 2,3 millimetr.

Medalyon markazida diametri 17,2 millimetrli zarhal doira ichida tinchlik va doʻstlik ramzi boʻlgan ochiq kaftlar hamda tumshugʻida zaytun novdasini tutib turgan kabutarning zarhallangan qavariq tasviri ifodalangan. Orden ikkita mahkamlagichga ega:

  1. gaykaga burab qotiriladigan burama mahkamlagich;
  2. orden zanjiriga mustahkamlanadigan yechiladigan qisqich.

Ordenning orqa tomoniga 2 millimetrli oʻlchamdagi botiq shrift bilan mukofot raqami tushiriladi. Uzunligi 700 millimetrli orden zanjiri 916 probali, ogʻirligi 170 gramm boʻlgan, 1 mikron qalinlikdagi 999 probali oltin bilan qoplangan kumushdan tayyorlanadi. Zanjir yirik va mayda halqalarga boʻlinadi. Diametri 45 millimetr boʻlgan yirik halqalar ordenning markaziy medaloni tasvirini ifodalaydi, kichik halqalar 18 millimetrli sakkiz qirrali yulduzlardan iborat. Zanjir 22 ta halqalar, shu jumladan ilgakdan iborat.

Orden zanjirining markaziy halqasi koʻk rangdagi emal bilan qoplangan doiraga tushirilgan ikkita oʻzaro bogʻliq sakkizburchakni tashkil qiladi. Koʻtarilayotgan quyosh fonida Humo qushi tasvirlangan.

Sohiblari

Manbalar

Havolalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.