Ōtavara
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Ōtavara (yaponcha: 大田原市 Ōtavara-shi ) Yaponiyaning Tochigi prefekturasida joylashgan shahardir. 2020-yil 1-iyul holatiga koʻra, shaharda 30.136 ta xonadonda 72.189 nafar aholi istiqomat qilgan[1], aholi zichligi esa 1 km2 ga 210 kishini tashkil qilgan. Shaharning umumiy maydoni 354,36 kvadrat kilometr (136,82 mi²) ga teng. Rasmiy shahar veb-saytida koʻrsatilganidek, shahar nomi „Ohtawara“ deb ham yozilishi mumkin.
Ōtavara 大田原市 | |
---|---|
Shahar | |
36°52′15.5″N 140°0′57.4″E | |
Mamlakat | Yaponiya |
{{{mintaqa_turi}}} |
[[Kanto viloyati Nasu viloyati]] |
Asos solingan | III asr oxiri [manba kerak] |
Maydon | 354.36 km2 (136.82 kv mi) |
Iqlim turi | nam kontinental iqlim |
Rasmiy til(lar)i | uapon |
Aholisi (2020-yil iyul) |
73 189 |
Zichligi | 210 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9:00 |
Telefon kodi | 0287-23-1111 |
Ōtavara Tochigi prefekturasining shimoli-sharqida, Nasu mintaqasining togʻ etaklarida joylashgan. Otavaraning qariyb 50% guruch dalalari bilan qoplangan, taxminan 12% togʻlar va oʻrmonlardan iborat. Ōtavara tekisliklarining oʻrtacha balandligi 217,76 metrni tashkil qiladi. Ōtavara Tochigi poytaxti Utsunomiyadan taxminan 40 km shimolda va tarixiy Nikko shahridan taxminan 50 km sharqda oʻrnashgan. Shahar sharqiy tomondan Ibaraki va Fukusima prefekturalari bilan chegaradosh. Yamizo togʻlari prefekturaning sharqiy qismidagi Ibaraki prefekturasi bilan boʻlgan prefektura chegarasi boʻylab qad roslagan. Naka daryosi shaharning sharqiy qismidan, shimoldan janubga tomon oqib oʻtadi.
Tochigi prefekturasi
Fukusima prefekturasi
Ōtavara nam kontinental iqlimga ega (Köppen Cfa) boʻlib, yozi issiq va qishi sovuq, kuchli qor yogʻishi bilan ajralib turadi. Otavarada oʻrtacha yillik harorat 12.9 °C (55.2 °F) ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1,522.6 mm (59.94 in) boʻlib, iyundan iyulgacha eng seryogʻin mavsum kuzatiladi. Avgustda eng yuqori harorat 24.4 °C (75.9 °F) atrofida va eng past harorati yanvarda, taxminan 1.7 °C (35.1 °F) boʻladi.
Ōtavara (1991−2020) iqlimi | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Koʻrsatkich | Yan | Fev | Mart | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | Yil |
Mutlaq maksimal, °C | 18,0 | 21,5 | 24,7 | 29,9 | 34,0 | 34,8 | 37,1 | 37,2 | 35,0 | 30,8 | 23,6 | 22,9 | 37,2 |
Oʻrtacha maksimal, °C | 7,4 | 8,5 | 12,1 | 17,6 | 22,3 | 25,0 | 28,4 | 29,8 | 26,0 | 20,5 | 15,1 | 9,9 | 18,6 |
Oʻrtacha harorat, °C | 1,7 | 2,6 | 5,9 | 11,3 | 16,5 | 20,0 | 23,5 | 24,4 | 20,8 | 15,1 | 9,1 | 4,0 | 12,9 |
Oʻrtacha minimal, °C | −3,4 | −2,7 | 0,2 | 5,5 | 11,4 | 15,9 | 19,9 | 20,7 | 16,8 | 10,4 | 3,6 | −1,2 | 8,1 |
Mutlaq minimal, °C | −11,4 | −11,9 | −9,5 | −5,5 | 2,0 | 7,7 | 9,0 | 12,2 | 6,2 | 0,1 | −5,9 | −8,9 | −11,9 |
Yogʻingarchilik meʼyori, mm | 34,9 | 34,8 | 84,0 | 108,3 | 139,4 | 172,4 | 235,8 | 235,7 | 209,6 | 160,5 | 71,0 | 39,5 | 1 522,6 |
Manba: Yaponiya Meteorologiya Agentligi[2][3] |
Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[4], Ōtavara aholisi soni soʻnggi 70 yil ichida nisbatan barqaror boʻlib qolgan.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1920 | 20,064 | — |
1930 | 22,216 | +10.7% |
1940 | 23,069 | +3.8% |
1950 | 77,363 | +235.4% |
1960 | 71,806 | −7.2% |
1970 | 65,232 | −9.2% |
1980 | 71,276 | +9.3% |
1990 | 76,406 | +7.2% |
2000 | 78,993 | +3.4% |
2010 | 77,707 | −1.6% |
2020 | 72,087 | −7.2% |
Sengoku davrida bu hudud 1545-yilda Ōtavara qal'asini bunyod etgan Ōtavara urugʻi tomonidan nazorat qilingan. Atrofdagi jokamachi Yaponiya shimoliga olib boradigan Oshu Kaido shossesida shukubasi boʻlgan. Edo davrida, Tokugava syogunatiga qarashli Otavara domeni hukumronligi Meiji davrigacha 250-yildan ortiq davom etdi. Kurobane domeni bu davrda zamonaviy Ōtavara chegaralarida mavjud boʻlgan yana bir feodal domen edi. 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining yaratilishi bilan Ōtavara shahri tashkil etildi. 1954-yil 1-dekabrda Ōtavara shahri va Chikasono hamda Kaneda qishloqlari birlashib, Ōtavara shahrini tashkil qildi. Shahar 1954-yil 31-dekabrda Nozaki shahrining bir qismini, keyin 1955-yil 1-aprelda Nishinasuno shahrining bir qismini va 1955-yil 5-noyabrda Sakuyama shahrini oʻziga qoʻshib oldi.
2005-yil 1-oktyabrda Kurobane shahri va Yuzukami qishlogʻi (ikkalasi ham Nasu tumanidan) Ōtavaraga birlashtirildi.
Ōtavarada toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 21 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashi boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakli mavjud. Ōtavara Tochigi prefekturasi assambleyasiga ikki aʼzoni qoʻshish huquqiga ega. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Tochigi 3-okrugi tarkibiga kiradi.
Ōtavara Tochigidagi eng yirik guruch yetishtiruvchi tumanlardan biri hisoblanadi. Shaharda shuningdek, toʻrtta sanoat parki joylashgan boʻlib, sanoat korxonalari orasida butun dunyo boʻylab tibbiyot uskunalarini sotuvchi Toshiba Medical Systems Corporation va farmatsevtika, tibbiy asbob-uskunalar va terini parvarish qilish mahsulotlarini sotishga ixtisoslashgan Mochida Pharmaceutical Co. Ltd. singarilar shular jumlasidandir. Nikon guruhining optik mahsulotlar, elektron tasvirlash uskunalari, yarimoʻtkazgich uskunalari va optik linzalarni loyihalash va ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi Tochigi Nikon korporatsiyasi ham Ōtavarada joylashgan.
Ōtavarada shahar hukumati tomonidan boshqariladigan 20 ta davlat boshlangʻich maktabi va sakkizta davlat oʻrta maktabi hamda Tochigi prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan toʻrtta davlat yuqori maktabi faoliyat yuritadi. Xalqaro salomatlik va farovonlik universiteti kompusi ham Ōtavarada joylashgan. Universitet 1995-yilda sogʻliqni saqlash va farovonlik sohasida mutaxassislarni tayyorlash maqsadida tashkil etilgan.
JR Sharqiy yoʻnalish - Tohoku magistral liniyasi (Utsunomiya liniyasi)
Ōtavarada bir qancha tarixiy va madaniy boyliklar mavjud:
Shahar mezbonlik qiladigan eng yirik sport tadbiri har yili 23-noyabr, Mehnat kunida oʻtkaziladigan Tabara Hiroshi marafonidir. Otavara hududida oʻnta golf maydonchasi mavjud, jumladan, davlat kurslari va xususiy qishloq klublari, masalan, Jek Niklausning dizayn kursi boʻlgan Nyu-Sent-Endryus golf klubi ham shu shahrda joylashgan. Ōtavarada Tochigi prefekturali Shimoliy gimnaziya deb nomlangan katta sport va dam olish majmuasi mavjud. Sport zalida umumiy sport va madaniy tadbirlar oʻtkaziladigan asosiy arena bunyod etilgan boʻlib, u ikkita basketbol, uchta voleybol, 10 ta badminton, 20 ta stol tennisi, bitta qoʻl toʻpi, 10 ta tennis, ikkita kurash va karate ring maydonlaridan iborat. Arena 1500 tomoshabinni oʻzida sigʻdira oladi. Bundan tashqari, alohida kichikroq arena, jang sanʼatlari maydoni va mashgʻulot xonalari ham qurilgan. Ōtavara hududida bir nechta boshqa gimnaziyalar, jamoat hovuzlari va sport maydonchalari ham qad roslagan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.