From Wikipedia, the free encyclopedia
ZYUSS (Suess) Eduard (nemischa: ; 1831.20.8, London — 1914.24.4, Vena) — avstriyalik geolog. Vena universitetida geologiya prof. (1857—1901). Vena FA prezidenti (1898—1911). Reyxstrat aʼzosi (1873-yil dan). Alp togʻlari, Lombardiya botiqligi, Apennin togʻlarining geologik tuzilishi va tektonikasini oʻrgangan. "Alp togʻlarining hosil boʻlishi" (1875) ilmiy asarida togʻliklarning hosil boʻlishi toʻgʻrisidagi fikrlarni kontraksiya nazariyasi asosida rivojlantirdi. 3 jildli "Lik Zemli" ("Yerning koʻrinishi"; 1883—1909) asarida 20-asr boshlarigacha turli mamlakatlarda olib borilgan barcha regional tadqiqotlarni toʻplagan va Yer poʻstiklt materik qismlaridagi tuzilishi va rivojlanishi toʻgʻrisidagi fikrlarni umumlashtirgan. 3. ning bu asari geol.ning turli sohalarini rivojlanishida muhim rol oʻynagan. 3. ning nazariy fikrlari hozirgacha geol. da saqlanib qolgan.[3]
Zyuss Eduard | |
---|---|
Tavalludi | 20-avgust 1831[1][2] |
Vafoti | 26-aprel 1914[1][2] |
Fuqaroligi | Avstriya imperiyasi va Avstriya-Vengriya imperiyasi |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.