From Wikipedia, the free encyclopedia
Zagreb — Xorvatiya poytaxti. Sava daryosining chap sohilida joylashgan. Aholisi 707 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Markaziy va Gʻarbiy Yevropadan Adriatika dengizi va Bolqon yyarim orolga boradigan temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Zagreb — Xorvatiyaning eng yirik iqtisodiy va madaniy markazi. Mashinasozlikning turli tarmoqlari (stanoksozlik, elektrotexnika buyumlari); kimyo, yengil va oziq-ovqat sanoati uchun uskunalar ishlab chiqarish, shuningdek, neftni qayta ishlash, kimyo, poligrafiya, qurilish materiallari, yogʻochsozlik, qogʻoz, toʻqimachilik, koʻn poyabzal va oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Zagrebda xalqaro yarmarka oʻtkaziladi. Fanlar va sanʼat akademiyasi, universitet (1669-yildan), yadro fizikasi instituti, oliy oʻquv yurtlari, yirik nashriyotlar, teatrlar, meʼmoriy va etnografik muzeylar, badiiy va hunarmandchilik muzeylari, kartinalar galereyasi bor.
Zagreb tarixiy manbalarda dastlab 1094-yildan tilga olingan. 16-asr oʻrtalaridan Xorvatiyaning bosh shahri. 1526—1918-yillarda (nem. Agram nomi bilan) Gabsburglar monarxiyasi tarkibida. 1918-yildan Serb, Xorvat va Slovenlar qirolligi (1929-yildan Yugoslaviya) tarkibida, 1992-yildan mustaqil Xorvatiya poytaxti.
Meʼmoriy yodgorliklardan Yepiskop qarorgohi, sobori bilan (13—15, 19-asrlar), shahar qalʼasi (13—18-asrlar), gotika cherkovi (14— 15-asrlar), barokko va klassitsizm uslubidagi binolar (18-asr) saqlangan. Zamonaviy binolar shaharning janubiy qismida.[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.