![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/6/6c/Yvonne_Strahovski_by_Gage_Skidmore_2.jpg/640px-Yvonne_Strahovski_by_Gage_Skidmore_2.jpg&w=640&q=50)
Yvonne Strahovski
From Wikipedia, the free encyclopedia
Yvonne Jaqueline Strzechowski (1982-yil 30-iyulda tugʻilgan) professional sifatida Yvonne Strahovski (/strəˈhɒvski/) nomi bilan tanilgan[1], avstraliyalik aktrisa. Asosan dramatik televideniyedagi rollari bilan eʼtiborga olinadi, u koʻplab mukofotlar va nominatsiyalarga ega boʻlgan[2], jumladan, ikkita Primetime Emmy mukofoti nominatsiyasi va uchta Ekran aktyorlari gildiyasi mukofoti nominatsiyasi.
Yvonne Strahovski | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
Yvonne Jaqueline Strzechowski 30-iyul 1982-yil (1982-07-30) (41 yosh) |
Fuqaroligi | Avstraliya |
Kasbi | Aktrisa |
Faoliyat yillari | 2004-yildan hozirgacha |
Turmush oʻrtogʻi |
Tim Loden (turm. 2017) |
Bolalari | 2 ta |
U NBCning „Chuck“ (2007—2012) josuslik dramasidagi Markaziy razvedka boshqarmasi agenti Sarah Walker, Showtime seriali „Dexter“ (2012—2013)dagi Hannah McKey va Foxning „24: Live Another Day“ (2014) serialidagi Markaziy razvedka boshqarmasi agenti Kate Morgan rollari bilan mashhur. U „Hulu“ serialida Serena Joy Waterford rolini ijro etadi (2017-yildan hozirgi kungacha), bu roli uchun u ikkita Primetime Emmy mukofoti, uchta Ekran aktyorlari gildiyasi mukofoti va Oltin globus mukofotiga nomzod boʻlgan.
Strahovskiyning boshqa diqqatga sazovor ijrolari orasiga „Lego: The Adventures of Clutch Powers“ (2010), „Killer Elite“ (2011), „I, Frankstein“ (2014), „The Astronaut Wives Club“ (2015), „Manhattan Night“ (2016), „Heʼs Out There“ (2018), „The Predator“ (2018) va „The Tomorrow War“ (2021) filmlari kiradi. U, shuningdek, „Mass Effect“ videooʻyinlar seriyasida Miranda Lawsonni va „Batman: Bad Blood“ (2016) animatsion superqahramon filmida Batwoman rolini ijro etgan.