Yorugʻlik kuchi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Yorugʻlik kuchi — fizik kattalik boʻlib, asosiy yorugʻlik fotometrik kattaliklaridan biri[1]. U maʼlum bir yoʻnalishda vaqt birligiga uzatiladigan yorugʻlik energiyasi miqdorini tavsiflaydi[2]. Miqdoriy jihatdan elementar qattiq burchak ichida tarqaladigan yorugʻlik oqimining bu burchakka nisbatiga teng.
Uning oʻlchov birligi- Xalqaro oʻlchov birliklar tizimida (SI) "kandela" (ruscha belgi: kd xalqaro: cd) deb kiritilgan
Yorugʻlik kuchi tushunchasi faqat yorugʻlik manbasidan uning chiziqli oʻlchamlaridan sezilarli darajada ortib ketadigan masofalar uchun qoʻllanilishi mumkin[1].