yozuvchi, jurnalist, adabiyotshunos, shoir va tarjimon From Wikipedia, the free encyclopedia
Yoqubjon Xoʻjamberdiyev (1947-yil 15-mart — 2022-yil 28-fevral) — yozuvchi, jurnalist, adabiyotshunos, shoir va tarjimon. 1990-yilda Qirgʻiziston janubida sodir boʻlgan „Oʻsh voqeasi“ etnik mojarolarning sabablari va oqibatlari haqida yozgan maqolalari bilan tanilgan[1][2].
Yoqubjon Xoʻjamberdiyev | |
---|---|
Tavalludi |
15-mart 1947-yil |
Vafoti |
28-fevral 2022-yil (74 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston |
Fuqaroligi | O‘zbekiston SSR→ Oʻzbekiston |
Taʼlimi | Toshkent davlat universiteti |
Yoqubjon Xoʻjamberdiyev 1947-yil 15-mart kuni Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyati (hozirgi Jalolobod viloyati) Suzoq qishlogʻida tugʻilgan. Oʻzbekiston milliy universiteti (avvalgi Toshkent davlat universitetini)ning oʻzbek filologiyasi fakultetini tamomlagan[3].
Uning ilk kitobi 1981-yili "Zarurat" nomi bilan chop etilgan. Shundan soʻng uning sheʼriy "Oy toʻlgan tunlar", "Uyda tinchi boʻlsin yigitning", "Oʻzbeklar ishi" publitsistik maqolalar toʻplamlari chop etilgan. Yozuvchining "Oyning yorugʻ kunlari", "Qaldirgʻochlar bahorda keladi", "Sogʻuniy sogʻinchi" kabi qissalari va "Suzoqnoma" tarixiy-badiiy hamda Sharqiy Turkiston jumhuriyatiprezidenti Alixontoʻra Sogʻuniy haqida "Sogʻuniy" nomli[4][5] manoqib uslubidagi asari mavjud.
U 1998-yilda taniqli yozuvchi Chingiz Aytmatov va Muxtor Shoxonov qalamiga mansub "Choʻqqida qolgan ovchining ohi-zori" asarini yozuvchi Nabijon Boqiy bilan birgalikda oʻzbek tiliga oʻgirgan[3].
Jurnalist sifati „Qishloq haqiqati“, „Oʻzbekiston madaniyati“, „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“, „Yoshlik“, „Saodat“, „Vatan“ kabi gazeta va jurnallarda faoliyat olib borgan. Uzoq yillar Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasida jurnalist[6] va "Assalom, Oʻzbekiston" koʻrsatuvida bosh muharrir sifatida xizmat qilgan[7].
Yoqubjon Xoʻjamberdiyev 2022-yil 28-fevralda vafot qilgan[8][9].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.