Yevgeniya Medvedeva
From Wikipedia, the free encyclopedia
Yevgeniya Armanovna Medvedeva (Ruscha: Евгения Армановна Медведева; 19-noyabr 1999-yil[1], Moskva) — yakka holda figurali uchish musobaqalarida qatnashgan rossiyalik figurali uchuvchi. 2018-yilgi Olimpiadada ikki karra kumush medali sovrindori (yakka konkida uchish va jamoaviy musobaqa). Ikki karra jahon chempioni (2016, 2017), jahon chempionatining bronza medali sovrindori (2019). Ikki karra Yevropa chempioni (2016, 2017), Yevropa chempionati kumush medali sohibi (2018). Ikki karra Rossiya chempioni (2016, 2017), Rossiya chempionatining bronza medali sovrindori (2015). Gran-pri finalining ikki karra gʻolibi (2015, 2016). Jamoaviy jahon chempionatining kumush medali sovrindori (2017). Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati gʻolibi (2015) va bronza medali sohibi (2014). Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finali gʻolibi (2014) va bronza medali sohibi (2013).
Yevgeniya Medvedeva | |
---|---|
Medvedeva 2018-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Toʻliq ismi | Yevgeniya Medvedeva |
Davlat | Rossiya |
Tavalludi | Moskva, Rossiya |
Yashash joyi | Moskva, Rossiya |
Boʻyi | 159 |
Murabbiyi |
|
Shaxsiy rekordlari | |
Umumiy natija | 241,31 |
Qisqa dastur | 81,61 |
Erkin dastur | 160,46 |
Yevgeniya Medvedeva 2022-yil 17-aprel holatiga koʻra Xalqaro konkida uchish ittifoqi[2] reytingida 74-oʻrinni egallagan.
Medvedeva 2007 — 2018-yillarda „Sambo-70“ sport va taʼlim markazida murabbiyi Eteri Tutberidze bilan birga sport bilan shugʻullangan. Yevgeniya 2018 — 2020-yillarda Bryan Orser bilan Toronto Cricket, Skating and Curling Club klubida mashq qilib, 2020-yil sentyabr oyida Eteri Tutberidze guruhiga qaytgan.
Medvedeva tarixida figurali uchish (ayollar) boʻyicha erkin dasturda 160 balldan, qisqa dasturda 80 balldan va umumiy natija boʻyicha 240 balldan koʻproq ochko toʻplagan birinchi figurali uchuvchidir. U erkin dastur va umumiy ball boʻyicha tarixiy jahon rekordlari egasi.