amerikalik aktrisa From Wikipedia, the free encyclopedia
Camara DaCosta Johnson (1982-yil 15-noyabrda tug'ilgan) Yaya DaCosta nomi bilan tanilgan amerikalik aktrisa va model. U America's Next Top Model 3-siklda ikkinchi o'rinni egallaydi. Oxir-oqibat DaCosta ABC telekanalida efir yuzini ko'rgan "All My Children" (2008) kunduzgi drama seriali, Ugly Betty komedik dramasi (2009) va NBC telekanali tomonidan efirga uzatilgan Chikago Med (2015—2021) tibbiyot dramasida suratga tushgan.
DaCosta Whitney (2015) Lifetime televizion filmida qo'shiqchi Whitney Houston rolida o'ynaydi va uning ijrosi uchun maqtovga sazovor bo'ladi[1].
DaKosta 1982-yilning 15-noyabr sanasida New York shahrida tug‘ilgan, kelib chiqishi braziliyalik va afroamerikalik. U New York shahrining Harlem mahallasida katta bo'lgan[2]. Ingliz tilidan tashqari, u portugal, fransuz, ispan va yapon tillarida so'zlasha oladi[3].
Kollejga borishdan oldin u o'rta maktab yillarida Northfield Mount Hermon elita maktabida o'qigan va u yerda Braun universitetida Afrika tadqiqotlari va xalqaro aloqalar bo'yicha tahsil olgan[4].
2010-yilda DaKosta “Bolalar yaxshi” komediya-drama filmida va “ Tron: meros ” ilmiy-fantastik jangovar-sarguzasht filmida ikkinchi darajali rollarni ijro etgan.
Keyinchalik u jurnallarda, jumladan W (2010-yil sentyabr)[5], L'Officiel (2010-yil noyabrda)[6] va -Vogue (2011-yil yanvar oyida Patrick Demarchelier tomonidan) muqovasida paydo bo'ladi[7]. 2013-yilda u Forest Whitaker va Oprah Winfrey ishtirokidagi The Butler tarixiy drama filmida Carol rolida ham paydo bo‘lgan[8].
2015-yilda aktrisa Angela Bassett bilan birgalikda CNN telekanaliga bergan intervyusida DaCosta oʻz hayoti haqidagi Lifetime televizion filmidagi musiqiy klipida Whitney Houston rolini oʻynashi eʼlon qilinadi. Ushbu film Bassettning dastlabki rejissyorlik debyuti edi.
DaCosta o'zining ijrosi uchun yuqori baholanadi[9]. Shuningdek, 2015-yildan 2021-yilgacha DaCosta NBCda efirga uzatilgan tibbiyotga aloqador drama serial Chicago Medda hamshirasi Aprel Sexton rolini o'ynagan[10].
2021-yil 14-may kuni DaCosta olti fasldan so‘ng, Chicago Med teleseriali jamoasini tark etishini e’lon qiladi. Shundan so'ng, Fox telekanalida efirga uzatilgan Our Kind of People dramatik serialida Angela rolini ijro eta boshlaydi[11][12].
DaCosta 2012-yildan 2015-yilgacha mustaqil produser va rejissyor Joshua Bee Alafia bilan munosabatda bo'lgan. Aktrisa 2013-yilning sentyabr oyida Sankara ismli o'g'il ko'radi. 2015-yil noyabr oyida DaCosta va Alafia ajralishi haqida xabar berilgan edi. Ommabop xabarlardan farqli o'laroq, DaCosta va Alafia hech qachon rasman turmushga chiqishmagan[13].
Yil | Sarlavha | Rol | Izohlar |
---|---|---|---|
2006 | Take the Lead | LaRhette | |
2007 | Honeydripper | China Doll | |
2008 | Racing for Time | Vanessa | TV Film |
2009 | The Messenger | Monica Washington | |
2010 | The Kids Are All Right | Tanya | |
Tron: Legacy | Siren | ||
Lost and Found | - | Qisqa metrajli film | |
2011 | In Time | Greta | |
Whole Lotta Sole | Sophie | [14] | |
Weekends at Bellevue | Vanessa | TV Film | |
The Shanghai Hotel | Kendra | ||
2012 | Dark Horse | Amy | TV Film |
2013 | Mother of George | Sade | |
Big Words | Annie | ||
The Butler | Carol Hammie | ||
2014 | And So It Goes | Kennedy | |
2015 | Whitney | Whitney Houston | TV Film |
2016 | The Nice Guys | Tally | |
2018 | Faith Under Fire | Kendra | TV Film |
2019 | Peel | Sarah | |
Bolden | Nora Bolden | ||
Yil | Sarlavha | Rol | Izohlar |
---|---|---|---|
2004 | America's Next Top Model | Cycle 3; Contestant | |
2005 | Eve | Ms. Jenkins | Episode: "Prom Night" |
2008 | All My Children | Cassandra Foster | Regular Cast |
2009 | Ugly Betty | Nico Slater | Recurring Cast: Season 4 |
Law & Order: Special Victims Unit | Audrina | Episode: "Anchor" | |
2010 | Mercy | Brooke Sullivan | Episode: "There Is No Room for You on My Ass" |
Army Wives | Specialist Amber Stiles | Episode: "AWOL" | |
2011 | Body of Proof | Holly Bennett | Episode: "Helping Hand" |
2011-12 | House | Anita | Recurring Cast: Season 8 |
2014 | Unforgettable | Molly McGinty | Episode: "Cashing Out" |
2015 | The Simpsons | Princess Kemi (dublyaj) | Episode: "The Princess Guide" |
2015–21 | Chicago Med | April Sexton | Main Cast: Season 1-6 |
Chicago Fire | April Sexton | Crossover Cast: Season 3-6, 8-9 | |
2017–19 | Chicago P.D. | April Sexton | Crossover Cast: Season 4-5, 7 |
2021 | Our Kind of People | Angela Vaughn | Main Cast |
Yil | Sarlavha | Musiqachi |
---|---|---|
2005 | "Gold Digger" | Kanye West |
2006 | "Pullin' Me Back" | Chingy |
2007 | "Beautiful Girls" | Sean Kingston |
"Roc Boys" | Jay-Z | |
2011 | "Good Man" | Raphael Saadiq |
Yil | Sarlavha | Turkum | Nomzod film | Natija |
---|---|---|---|---|
2006 | Teen Choice Award | Movies – Choice Breakout (Ayol kishi) | Take the Lead | Nominatsiya |
2008 | Black Reel Awards | Best Ensemble | Honeydripper | Nominatsiya |
2010 | Gotham Awards | Best Ensemble Cast | The Kids Are All Right | Nominatsiya |
Phoenix Film Critics Society Awards | Best Ensemble Acting | Nominatsiya | ||
Washington DC Area Film Critics Association Awards | Best Acting Ensemble | Nominatsiya | ||
2011 | Black Reel Award | Best Breakthrough Performance | Nominatsiya | |
Broadcast Film Critics Association Awards | Best Acting Ensemble | Nominatsiya | ||
Central Ohio Film Critics Association | Best Ensemble | Nominatsiya | ||
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.