![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/0/0d/The_Green_Dome%252C_Masjid_Nabawi%252C_Madina.jpg/640px-The_Green_Dome%252C_Masjid_Nabawi%252C_Madina.jpg&w=640&q=50)
Yashil Gumbaz
From Wikipedia, the free encyclopedia
Yashil Gumbaz (arabcha: ; Hejazi Arabic pronunciation: [al.ɡʊb.ba al.xadˤ.ra]) – islom paygʻambari Muhammad va ilk Rashidun xalifalari Abu Bakr (h. 632–634) va Umar (h. 634–644) qabrlari ustiga qurilgan yashil gumbaz. Gumbaz hozirgi Saudiya Arabistoni Madina shahridagi Al-Masjid an-Nabaviyning (Paygʻambar masjidi) janubi-sharqiy burchagida joylashgan[1]. Har yili millionlab odamlar bu yerga tashrif buyurishadi, chunki hajdan keyin yoki undan oldin masjidga tashrif buyurish anʼanaga aylangan.
Yashil Gumbaz | |
---|---|
[[Dosya:![]() | |
Temel bilgiler | |
Meʼmor | |
Tugatish yili | 1279 |
Xususiyatlari |
Qurilish 1279-yilga toʻgʻri keladi. Qabr ustiga boʻyalmagan yogʻoch gumbaz qurilgan. Keyinchalik u 15-asr oxirida ikki marta va 1817-yilda bir marta turli xil ranglarda (koʻk va kumush) qayta qurilgan va boʻyalgan. Gumbaz birinchi marta 1837-yilda yashil rangga boʻyalgan va shuning uchun „Yashil gumbaz“ nomi bilan mashhur boʻlgan[2].