Yangi Zelandiya nomining berilishi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Mamlakatning rasmiy nomi „Yangi Zelandiya“[1] (inglizcha: New Zealand) XVII asrning oʻrtalarida shakllana boshladi — dastlab u Gollandiyalik kartograflarning yozuvlarida Niderlandiyaning viloyatlaridan biri — Zellandiya (Niderlandiya) sharafiga Nova Zeelandia sifatida paydo boʻldi (niderlandcha: Zeeland), keyin, golland imlosida — Nieuw Zeeland[2][3][4]. Keyinchalik, XVIII asrda britaniyalik navigator Jeyms Kuk oʻz eslatmalarida bu nomning inglizcha versiyasidan foydalangan — Yangi Zelandiya va bu mamlakatning rasmiy nomiga aylandi. Oʻzbekcha „Yangi Zelandiya“ nomi tarixan oʻrnatilgan nomning aniq tarjimasidir. Yangi Zelandiya Okeaniyada joylashgan orollarning umumiy davlat nomi sifatida nomlangan. Yangi Zelandiya mamlakati tarixan mahalliy aholi vakillari yashab kelgan, ammo buyuk geografik kashfiyotlar davrida Yangi Zelandiya hududi Avstraliya qitʼasi bilan bir vaqtda kashf etildi. Yangi Zelandiya orollari ilk bora yevropalik geograf sayyohlar tashrif buyurdi, ushbu hududlarda tashrif buyurgan yevropaliklar oʻzining tilida nomlar berdi. Gollandiyaliklar ushbu hududda oʻz ona tilisida turli nomlar berdi,ammo hozirgi Yangi Zellandiyada Buyuk Britaniya koloniyasi kelishi bilan Avstraliya va Yangi Zelandiya hududlarini oʻzining mustamlakasi sifatida eʼlon qilganidan soʻng, Buyuk Britaniyalik toponimikachilar janubiy va shimoliy orol hududlariga umumiy holatda New Zelandia, oʻzbekchada Yangi Zelandiya nomini berishdi. Yangi Zelandiya nomi inglizlar tomonidan nomlandi va natijada hozirgi vaqtda ham Yangi Zelandiya nomi ostida mustaqil davlat tashkil topgan.