![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/f/f9/Human_male_karyotpe_high_resolution_-_Chromosome_Y.png/640px-Human_male_karyotpe_high_resolution_-_Chromosome_Y.png&w=640&q=50)
Y xromosoma
From Wikipedia, the free encyclopedia
Y xromosoma barcha tirik tugʻadigan sut emizuvchilarda shuningdek odamda ham uchraydigan ikkita jinsiy xromosomadan bittasidir. Ikkinchisi X xromosoma hisoblanadi. Y xromosoma koʻpchilik turlarda jinsni belgilovchi hisoblanadi. Chunki, uning bor yoki yoʻqligi jinsiy koʻpayishdan tugʻiladigan avlodlarning erkak yoki urgʻochi ekanligini belgilab beraadi. Sut emizuvchilarda Y xromosoma erkak boʻlib rivojlanishni qoʻzgʻatuvchi SRY genini tutadi. Odam Y xromosomasidagi DNK 59 million nukleotid juftligidan tuzilgan.[4] Y xromosoma faqat otadan oʻgʻilga oʻtadi. Shimpanze Y xromosomasidan 30%ga farq qilish bilan bu xromosoma odam genomida eng tez oʻzgarishga uchrayotgan qismlardan biri hisoblanadi.[5] Odam Y xromosomasida oʻrta hisobda 100-200 gen borligi hisoblangan va shulardan 45 tadan 73 tasi oqsil kodlochi genlardir. Barcha yagona nusxadagi Yka birikkan genlar gemizigotalidir (faqat bitta xromosomada mavjud). XXY sindromi va XXYY sindromi – bundan mustasno.
![]() Odam Y xromosomasi | |
![]() Erkak kishi karyogramidagi Y xromosoma | |
Xususiyatlari | |
---|---|
Uzunligi (asos juftlig) |
57,227,415 bp (GRCh38)[1] |
Genlarning soni | 63 CCDS |
Turi | Allosoma |
Sentrosoma joylashuvi |
Akrosentrik[2] (10.4 Mbp[3]) |
Toʻliq genlar roʻyxati | |
CCDS | Genlar roʻyxati |
HGNC | Genlar roʻyxati |
UniProt | Genlar roʻyxati |
NCBI | Genlar roʻyxati |
Tashqi xarita koʻruvchilari | |
Ensembl | Xromosoma Y |
Entrez | Xromosoma Y |
NCBI | Xromosoma Y |
UCSC | Xromosoma Y |
Toʻliq DNK sikvensi | |
RefSeq | NC_000024 (FASTA) |
GenBank | CM000686 (FASTA) |