Xitoy Milliy kutubxonasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Xitoy Milliy kutubxonasi ( Chinese; NLC ) Xitoy Xalq Respublikasining milliy kutubxonasi boʻlib, dunyodagi eng yirik kutubxonalardan biri hisoblanadi. U 2020-yil dekabr holatiga koʻra 41 milliondan ortiq kitob va to`plamlarni oʻz ichiga oladi[2]. Kutubxona dunyodagi eng yirik xitoy adabiyoti hamda tarixiy hujjatlar to‘plamiga ega[3]. Maydoni 280 ming kvadrat metr[4]. Milliy kutubxona Madaniyat va turizm vazirligi homiyligidagi davlat ijtimoiy muassasasi hisoblanadi.
中国国家图书馆 | |
Logo of the National Library of China | |
Xitoy Milliy kutubxonasi Shimoliy majmuasi | |
Country | Xitoy |
---|---|
Type | Milliy kutubxona |
Established | Sentyabr 1909 |
Location | Beijing, China |
Collection | |
Size | 41 million (Dekabr 2020)[1] |
Access and use | |
Access requirements | Jamoatchilik uchun ochiq |
Population served | 1.4 billion |
Other information | |
Director | Dr. Wang Chunfa (2017-yildan beri) |
Website | NLC.cn |
Milliy kutubxona kolleksiyalari Janubiy Song sulolasidan beri qirollik kolleksiyalarini, Min va Qing sulolalaridan beri shaxsiy kolleksiyalarni meros qilib olgan. Eng qadimgi to'plamlari 3000 yildan ko'proq vaqt oldin Yin xarobalaridagi oracle suyaklariga to'g'ri keladi[5].
Milliy kutubxona 123 tilda[6] va turli formatlarda ham bosma va raqamli nashrlarga ega boʻlgan yirik ilmiy - ommaviy kutubxona hisoblanadi. U kitoblar, qoʻlyozmalar, jurnallar, gazetalar, ovozli va musiqa yozuvlari, videolar, play-skriptlar, patentlar, ma'lumotlar bazalari, xaritalar, shtamplar, bosma nashrlar, chizmalarni o`z ichiga keladi. 2020-yil dekabr holatiga ko'ra, to'plam 41 million jilddan iborat va yiliga bir million jildga o'sib boradi[7]. Raqamli resurslarning umumiy miqdori 1000 TB dan oshadi va yiliga 100 TB tezlikda o'sib boradi[8].
Xitoy Milliy kutubxonasi dastlab 1909-yilda Qing hukumati tomonidan Imperator Pekin kutubxonasi sifatida tashkil etilgan. Bir necha bor nom oʻzgartirilgandan va maʼmuriy almashinishlardan soʻng 1999-yilda u Xitoy Milliy kutubxonasi deb nomlandi[9]. Milliy kutubxona hozirda Janubiy majmua, Shimoliy majmua, Bolalar zali, Qadimgi kitoblar zali[10], markaziy hukumatning turli boʻlimlari hamda Harbiy fanlar akademiyasiga joʻnatilgan oʻn yettita ilmiy kutubxonadan iborat[11][12].