From Wikipedia, the free encyclopedia
Operatsiya (tibbiyotda) — toʻqima va aʼzolardagi kasallik jarayoniga xirurgning aralashuvi. Bunda operatsion jarohat vujudga keltiriladi (qonli operatsiya), baʼzan maxsus mexanik usullar tatbiq etiladi (qonsiz Operatsiya, chiqqan suyakni solish, singan suyak boʻlaklarini birbiriga toʻgʻrilab qoʻyish). Koʻpincha davolash, baʼzan esa diagnostika maqsadida (biopsiya, punksiya, laparotomiya) qilinadi[1].
Rejali va kechiktirib boʻlmaydigan (zudlik bilan qilinadigan) operatsiya tafovut qilinadi. Rejali operatsiyadan oldin bemor sinchiklab tekshiriladi va operatsiyaga tayyorlanadi (maye., meʼda yarasi, raki, surunkali appenditsit, kataraktada). Kasallik holati bemorning hayotiga tahdid qilib turganda (meʼda yarasi teshilganda, churra qisilib qolganda, ichak buralganda va boshqalar) kechiktirib boʻlmaydigan operatsiya qilinadi[2].
Operatsiya harakteri jihatdan radikal va palliativ turlarga ajratiladi. Radikal Operatsiyada patologik jarayon bartaraf qilinadi (kasallik oʻchogʻi va, hatto, butun organ olib tashlanadi)[3]. Patologik jarayon oqibatida kelib chiqqan kasallik simptomini bartaraf qilish palliativ operatsiyaning vazifasidir. Tiklash operatsiyalari alohida oʻrin tutadi (qarang Plastik xirurgiya)[4].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.