Xidir masjidi (ozarbayjoncha: Xıdır məscidi; forscha: مسجد خدیر) – XIV asrga oid tarixiy masjid. Ushbu yodgorlik Icheri-sheherning bir qismi boʻlib, Ozarbayjonning Boku shahri Muslim Magomayev koʻchasida joylashgan. Bino Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-avgustdagi 132-son qarori bilan milliy meʼmoriy yodgorlik sifatida roʻyxatga olingan[1].
Masjid | |
Mamlakat | Ozarbayjon |
Boku | Icheri-sheher |
Koordinatalar | 40.365004°N 49.834130°E |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi Shivon-Absheron meʼmorchilik maktabi |
Binokorlik sanasi | 1301 yil |
Holati | amaldagi |
Xidir masjidi Vikiomborda |
Tarixi
Xidir masjidi 1301-yilda koʻplab zinali koʻchalardan birida qurilgan. Koʻchaning bunday tuzilishi oʻz navbatida masjidning meʼmoriy joylashuviga ham taʼsir koʻrsatgan[2].
1988-yilda masjid gumbazining pastki qavatida arxeologik qazishma ishlari, shuningdek, bino portalida restavratsiya ishlari olib borilgan. Masjid zardushtiylik ibodatxonasi negizida bunyod etilgan[3][4].
Arxitekturaviy xususiyatlari
Xidir masjidi interyeri, kompozitsiyasi hamda toshdan yasalgan qismlariga yorqin oʻymakorlik naqshlari bilan ishlov berilgan. Oʻzgacha badiiy ishlov berilgan mehrob hamda zal ham qiziqarli koʻrinishga ega ekanligi bilan ahamiyatga ega. Masjidning janubiy jabhasida toʻgʻri profilli derazalar oʻrnatilgan. Shuningdek, binoning quyi profilli qismi boʻylab ishlov berishda qoʻllangan usullar sharq meʼmorchilik sanʼati namunalarini oʻzida mujassam etgan[5][3].
Galereya
Yana qarang
Manbalar
Wikiwand in your browser!
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.