Xayriya jamgʻarmasi
xayriya maqsadidagi notijorat tashkilot / From Wikipedia, the free encyclopedia
Xayriya jamgʻarmasi yoki xayriya tashkilotining asosiy maqsadlari xayriya va ijtimoiy farovonlik masalan, jamoat manfaatlariga yoki umumiy manfaatlarga xizmat qiluvchi taʼlim, diniy yoki boshqa faoliyatni qoʻllab quvvatlovchi tashkilot[1] . Xayriya tashkilotining va xayriyaning huquqiy taʼrifi turli mamlakatlarda va ayrim mintaqalarida farq qiladi. Tartibga solish, soliqqa tortish tartibi va xayriya qonunining xayriya tashkilotlariga taʼsir qilish usuli ham farq qiladi. Xayriya tashkilotlari oʻz mablagʻlaridan jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxslarga foyda keltirish uchun foydalanishlari mumkin emas[2]. Biroq, baʼzi xayriya tashkilotlari rahbariyatining maoshlarini toʻlash uchun oʻz daromadlarini nomutanosib tarzda sarflaganliklari uchun nazorat ostiga olingan.
Moliyaviy koʻrsatkichlar masalan, soliqni qaytarish, mablagʻ toʻplashdan tushgan daromad, tovarlar va xizmatlarni sotishdan tushgan daromad yoki investitsiyadan tushgan daromad xayriya tashkilotining moliyaviy barqarorligini baholash uchun asos boʻlin hizmat qiladi. Ushbu maʼlumot xayriya tashkilotining donorlar va jamiyatlar oldidagi obroʻsiga va shu tariqa xayriya moliyaviy daromadlariga taʼsir qilishi mumkin. Xayriya tashkilotlari koʻpincha qisman korxonalarning xayriyalariga bogʻliq. Xayriya tashkilotlariga bunday xayriyalar korporativ xayriyaning asosiy shaklidir[4].