![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/e/e1/The_station_pictured_from_the_SpaceX_Crew_Dragon_5_%2528cropped%2529.jpg/640px-The_station_pictured_from_the_SpaceX_Crew_Dragon_5_%2528cropped%2529.jpg&w=640&q=50)
Xalqaro kosmik stansiya
From Wikipedia, the free encyclopedia
Xalqaro kosmik stansiya, qisqartmasi–XKS (inglizcha: International Space Station, qisqartmasi – ISS) — koʻp maqsadli kosmik tadqiqot ob’ekti sifatida ishlatiladigan boshqariladigan kosmik stansiya; 1998-yil oxiridan hozirga qadar faoliyat yuritib kelmoqda. (Uning faoliyati 2024-yilga qadar amal qiladi. Mamlakatlar ish muddatini 2028, 2030-yilgacha uzaytirishga kelishib oldi).
![]() | Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling.
|
![](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/e/e1/The_station_pictured_from_the_SpaceX_Crew_Dragon_5_%28cropped%29.jpg/640px-The_station_pictured_from_the_SpaceX_Crew_Dragon_5_%28cropped%29.jpg)
XKS–14 davlat ishtirokidagi xalqaro qoʻshma loyiha hisoblanadi: Rossiya, AQSH, Kanada va Yevropa kosmik agentligi a’zolari — Belgiya, Germaniya, Daniya, Ispaniya, Italiya, Gollandiya, Norvegiya, Fransiya, Shveytsariya, Shvesiya[1][2][3] (dastlabki ishtirokchi davlatlar: Braziliya (Braziliya moliyaviy qiyinchiliklar tufayli bundan voz kechdi) va Buyuk Britaniya („Kosmik stansiya haqidagi hukumatlararo bitim“ni imzolagan, biroq keyinchalik dasturda qatnashmadi) edi).
XKS inson qurgan eng qimmat obyekt sifatida Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan[4]. Stansiyaning umumiy qiymati 100 milliard dollardan oshadi.
XKS quyidagilar orqali nazorat qilinadi: Rossiya segmenti – Korolevdagi kosmik parvozlarni boshqarish markazidan, Amerika segmenti – Xyustondagi Lyndon Jonson missiyasini boshqarish markazidan. Laboratoriya modullari - Yevropaning „Kolumb“ va Yaponiyaning „Kibo“ — Yevropa kosmik agentligi (Oberpfaffenhofen, Germaniya) va Yaponiya aerokosmik tadqiqotlar agentligi boshqaruv markazlari tomonidan nazorat qilinadi[5]. Markazlar oʻrtasida doimiy axborot almashinuvi mavjud.
AQSHning aeronavtika va fazoni tadqiq qilish boshqarmasi (NASA) „Axiom Space“ kompaniyasi bilan 2022-yilning yanvarida Xalqaro kosmik stansiyasiga sayyoh yuborish bilan bogʻliq shartnoma imzoladi. Ushbu missiya „Axiom Mission 1“ (Ax-1) deb nomlanadi va sakkiz kun davom etadi. Parvoz Florida shtatidagi Kanaveral kosmodromidan amalga oshiriladi[6].
Amerikalik hamda hindistonlik tadqiqotchilar Xalqaro kosmik stansiyaning turli joylaridan namunalar olib, toʻrtta bakteriya shtammini aniqladi. Mikroblarning uchtasi ilm-fan uchun mutlaqo noma’lum shtammlar boʻlib, barchasi ham tuproqda, ham toza suvda uchraydigan bakteriyalar oilasiga kiradi. Ular azotni qayta ishlash va oʻsimliklarning oʻsishiga koʻmaklashib, xavfli patogenlar bilan kurashadi. Namunalar tadqiqot stansiyasining yuqori paneldan, gumbazdan hamda ovqatlanish stoli yuzasidan olingan. Oʻrganish davomida bitta shtammning avval aniqlangan «Methylorubrum rhodesianum» ekanligi ma’lum boʻlgan. Ammo qolgan — jarayon davomida IF7SW-B2T, IIF1SW-B5 va IIF4SW-B5 deb nom berilgan shtammlarni aniqlashning imkoni boʻlmagan. Ulardan birini mashhur hind olimi Ajmal Xon sharafiga «Methylobacterium ajmalii» deb atash taklif qilingan[7].