Xaktivizm
fuqarolar boʻysunmasligi koʻrinishlaridan biri / From Wikipedia, the free encyclopedia
Internet olamida xaktivizm (hack va aktivizm soʻzlari portmantosi) atamasi siyosiy kun tartibini yoki ijtimoiy oʻzgarishlarni ilgari surish maqsadida xakerlik kabi kompyuterga asoslangan usullardan foydalanish orqali sodir etiladigan fuqarolar boʻysunmasligi koʻrinishlaridan biridir[1]. „xakerlik madaniyati“ va „xakerlik etikasi“ atamalari chuqur ildizga ega boʻlib, uning maqsadlari koʻpincha so'z erkinligi, inson huquqlari yoki axborot erkinligi kabi xarakatlar bilan chambarchas bogʻliqdir[2].
Xaktivistik faoliyat koʻplab siyosiy gʻoyalar va muammolarni qamrab oladi. Freenet — senzuraga chidamli aloqa uchun tengdoshlar platformasi — siyosiy fikr va soʻz erkinligini kodli shaklga aylantirishning yorqin namunasidir. xaktivizm shakli Anonymous va WikiLeaks kabi aktiv xakerlik tarmoqlari orqali yoki umumiy maqsadlar sari hamkorlikda faoliyat yurituvchi jamiyatlar tashabbusi orqali amalga oshirilishi mumkin[3].
„Xaktivizm“ bir nechta maʼnoga ega boʻlgan munozarali atamadir. Bu soʻz, aslida, dasturiy koʻnikmalarni tanqidiy fikrlash bilan birlashtirib, ijtimoiy oʻzgarishlarga qaratilgan, elektron, toʻgʻridan-toʻgʻri harakatni tavsiflash uchun yaratilgan. Biroq, xakerlik baʼzan kiber jinoyatni anglatishi mumkin boʻlganidek, xaktivizm ham texnik, iqtisodiy va siyosiy platforma sifatida zararli, buzgʻunchi va Internet xavfsizligiga putur yetkazuvchi faollikni anglatish uchun ishlatilishi ham mumkin.
Amerika Qoʻshma Shtatlarining 2020—2022-yillarga moʻljallangan razvedka strategiyasiga koʻra, davlat dushmanlari va transmilliy jinoiy tashkilotlardan tashqari, „hacktivistlar, leaktivistlar va jamoatchilikni oshkor qiluvchi tashkilotlar kabi gʻoyaviy maqsadli tuzilmalar ham katta xavf tugʻdiradi“[4][5].