Wembley
From Wikipedia, the free encyclopedia
Uembli stadioni (talaffuzi: Uembli stadionu) „Yangi Uembli“ nomi bilan ham tanilgan (inglizcha: New Wembley) Angliyaning London shahrida joylashgan futbol stadionidir. Stadion 2007-yilda eski „Uembli“ stadioni oʻrnida ochilgan. Eski Uembli, shuningdek, Empire (talaffuzi: Empyer) stadioni nomi bilan ham tanilgan, 2003-yilda buzib tashlanguniga qadar dunyodagi eng mashhur futbol stadionlaridan biri boʻlgan.[7]
"Futbol uyi"[1] | |
---|---|
Fayl:Wembley Stadium EE logo.png | |
Joyi | Uembli, London, Angliya |
Asos solingan | 2002-yil 30-sentabr[2] |
Qachon qurilgan | 2003–2007-yillar |
Qachon ochilgan | 9-mart 2007-yil |
Egasi | Futbol ittifoqi (FA) |
Operator | Wembley National Stadium Limited |
Yuzasi | Desso GrassMaster |
Inshoot narxi | £789 mln.[3] |
Meʼmor | HOK Sport (now Populous), Foster and Partners, Nathaniel Lichfield and Partners (planning consultants)[4] |
Loyiha menejeri | Capita Property and Infrastructure[5] |
Tuzuvchi muhandis | Mott Stadium Consortium and Jimmy Higham– Mott MacDonald, Sinclair Knight Merz & Aurecon[5] |
Hajmi |
90,000[6] (Association football, rugby union, rugby league, boxing) 75,000 to 90,000 seated and 15,000 standing (concerts) 86,000 to 87,000 (UEFA capacity) 86,000 (American football) |
Yangi „Uembli“ 90 000 tomoshabin sigʻdira oladi va Yevropadagi Camp Nou stadionidan keyin ikkinchi eng katta stadion hisoblanadi. Bu erda Angliya milliy terma jamoasi oʻzining uy uchrashuvlarini oʻtkazadi. Ingliz futbolni boshqaruvchi boʻlgan tashkilot, yaʼni Angliya futbol uyushmasi (FA) stadionning egasi hisoblanadi.
Stadion loyihasi mualliflari Foster and Partners va Populous kompaniyalari hisoblanadi. Yangi stadion tomi ochiladigan qilib qurilgan. Oq rangdagi „Egizak minoralar“i boʻlgan eski „Uembli“ bilan taqqoslaganda, yangi stadion 134 m balandlikdagi „Uembli arkasi“ bilan mashhur. Ushbu poʻlat kamar dunyodagi eng uzun bir oraliqli tom inshooti xisoblanadi. Brookfield Multiplex kompaniyasi tomonidan qurilgan; qurilish xarajatlari esa £ 798 mln. boʻlgan. 2000-yil oktabr oyida eski „Uembli“ stadioni yopiladi va oʻsha-yilning dekabr oyida uni buzish boshlanadi. 2003-yilda yangi stadion ochilishi rejalashtirilgan edi. Biroq, bir qator sabablarga koʻra, loyiha qoldirildi va eski Uembli faqat 2003-yil fevral oyida butunlay demontaj qilindi. Yangi Uembli 2007-yil 19-mayda foydalanishga topshirildi va ilk oʻyin Angliya kubogi finali boʻlib oʻtdi.
2012-yilda stadion 2012-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarining futbol finaliga mezbonlik qilgan. Milliy terma jamoa oʻyinlaridan tashqari, „Uembli“da Angliya kubogi yarim finali va finali, Angliya Superkubogi oʻyinlari, Futbol Ligasi kubogi va Futbol Ligasi kubogi finali va Futbol Ligasi pley-off oʻyinlari oʻtkaziladi. 2011-yilda stadion UEFA Chempionlar Ligasi finaliga mezbonlik qilgan. 2013-yilda Wembley yana UEFA Chempionlar Ligasi finaliga mezbonlik qildi. Stadionda futboldan tashqari regbi ligasi va Amerika futboli oʻyinlari oʻtkaziladi. Uemblida konsertlar ham boʻlib oʻtadi.