From Wikipedia, the free encyclopedia
Nazarov Vosiljon Shuhratovich (17-sentyabr 1984-yil; Buvayda tumani, Farg'ona viloyati, OʻzSSR) — moliyachi, 2021–2022-yillar Bagʻdod tumani hokimi[1], 2022-yildan Fargʻona shahri hokimi[2].
Vosiljon Nazarov | |
---|---|
Nazarov Vosiljon Shuhratovich | |
Bagʻdod tumani hokimi | |
Mansab davri 2021-yil 6-fevral – 2022-yil 24-yanvar | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Bosh vazir | Abdulla Aripov |
Hokim | Xayrullo Bozorov |
Oʻtmishdoshi | Alibek Tursunov |
Vorisi | Yusufjon Husayinov |
Fargʻona shahri hokimi | |
Mansab davri 2022-yil 24-yanvar – hozirgi vaqtgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Bosh vazir | Abdulla Aripov |
Hokim | Xayrullo Bozorov |
Oʻtmishdoshi | Mirzohid Ubaydullayev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
17-sentyabr 1984-yil Buvayda tumani, Fargʻona viloyati, OʻzSSR |
Fuqaroligi | OʻzSSR → Oʻzbekiston |
Millati | Oʻzbek |
Siyosiy partiyasi | Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi |
Taʼlim | 2002–2006-yillar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti |
Nazarov Vosiljon 1984-yil 17-sentyabrda Fargʻona viloyatining Buvayda tumanida tavallud topgan. 2002–2006-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida moliya sohasi boʻyicha tahsil olgan[3].
Dastlab, 2006–2007-yillarda Fargʻona viloyati monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash hududiy boshqarmasi, Monopolist korxonalarning tarkibiy jihatdan oʻzgartirish boʻlimi bosh mutaxassisi; 2007–2008-yillarda Fargʻona viloyati moliya boshqarmasining Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy jihatdan himoya qilish boʻyicha moliyalashtirish boʻlimi yetakchi iqtisodchisi va Fargʻona viloyati moliya boshqarmasining Byudjetni jamlama boʻlimi bosh iqtisodchi; 2008–2009-yillarda Fargʻona viloyati moliya boshqarmasining Byudjetni jamlama boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari va Fargʻona viloyati moliya boshqarmasi Sogʻliqni saqlash muassasalarini moliyalashtirish sektori mudiri; 2009–2011-yillarda Fargʻona viloyati Buvayda tumani moliya boʻlimi Sogʻliqni saqlash muassasalarini moliyalashtirish sektori mudiri; 2011–2012-yilllarda Fargʻona viloyati Buvayda tumani Moliya boʻlimi Sogʻliqni saqlash muassasalarini moliyalashtirish sektori bosh iqtisodchisi; 2012–2014-yillarda Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Buvayda tumani boʻlimi rahbari; 2014–2016-yillarda Fargʻona viloyati xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari; 2016–2018-yillarda Fargʻona viloyati Buvayda tumani hokimligi Moliya boʻlimi mudiri va Buvayda tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari; 2018–2019-yillarda Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi; 2019–2021-yillarda Fargʻona viloyati hokimligi moliya bosh boshqarmasi boshligʻi kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan[3].
Vosiljon Nazarov 2021-yil 6-fevralda Bagʻdod tumani hokimi lavozimida tayinlangan[1][4][5]. 2022-yil 24-yanvardan esa Fargʻona shahri hokimi lavozimiga oʻtib, oʻz faoliyati yuritmoqda[2][6][7][8].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.