From Wikipedia, the free encyclopedia
Volvo Cars (Shvedcha VOLVO nomi bilan tanilgan) — Shvetsiyaning hashamatli avtomobillar ishlab chiqaruvchisi boʻlib, bosh qarorgohi Gothenburg, Torslanda shahrida joylashgan. Kompaniya SUV, yukxonali avtomobillar va sedanlar ishlab chiqaradi. Kompaniyaning asosiy marketing tamoyillari xavfsizlik va uning dizayn meʼrosidir.
Turi | Shoʻba korxonasi |
---|---|
Xizmatlari | Avtomobilsozlik |
Egasi | Zhejiang Geely Holding Group (82%)[1] |
Birja listingi | SSE: 238766 |
Qachon asos solingan | 1927 |
Asoschi(lari) | Assar Gabrielsson va Gustaf Larson |
Mahsulot(lar)i | Lyuks avtomobillar[1] |
Aylanma daromadi | 282.045 mlrd. kr (2021)[1] |
Operatsion foydasi | 20.275 mlrd. kr (2021)[1] |
Boyligi | 330 924 000 000[2] |
Kapitallashtirish | 283.824 mlrd. kr (2021)[1] |
Sof foydasi | 14.177 mlrd. kr (2021)[1] |
Ishchilar soni | 41,000 (2021)[1] |
Shoʻba korxonalari |
|
Vebsayti | volvocars.com |
AB Volvo oʻzining Volvo Cars 2010-yilda asosiy sobiq konglomerati ogʻir yuk mashinalari, avtobuslar va qurilish texnikalari ishlab chiqaradigan kompaniyasini Ford Motor Kompaniyasiga sotganidan beri alohida ishlamoqda.[3] 2010-yilda moliyaviy zarar koʻrgan Ford Volvo Cars Geely kompaniyasiga sotadi.[4][5] Volvo Cars 2021-yilda Nasdaq Stokgolm fond birjasida ochiq roʻyxatga olingan, ammo Geely hali ham Volvo Cars yirik egalik huquqini saqlab qoladi. Volvo Cars va AB Volvo ikkalasi ham Volvo logotipini bir-biri bilan baham koʻradi va Volvo muzeyini boshqarishda hamkorlik qiladi.
2021-yil mart oyida Volvo Cars 2030-yilga kelib toʻliq elektr brendiga aylanishini eʼlon qilgan edi.[6] 2021-yil iyun oyida esa Volvo Cars va Shved akkumulyator ishlab chiqaruvchisi Northvolt akkumulyator gigafabrikasidan va akkumulyator ilmiy-tadqiqot markazidan iborat 50/50 qoʻshma korxona tashkil etish niyatini ommaga oshkor qildi.[7] 2021-yil dekabr oyida akkumulyator ilmiy-tadqiqot markazi Gyotborgda joy olishi ma’lum boʻldi.[8] 2022-yil fevral oyida esa bunga hamohang tarzda, ushbu joy yaʼni Gyoteburg akkumulyator gigafabrikasining joylashuvi sifatida ham tanlandi.[9] 2021 va 2022 yillar davomida Volvo Cars Skövde va Zhangjiakoudagi gibrid dvigatellarni tadqiq qilish va ishlab chiqarish imkoniyatlarini Geely bilan qoʻshma korxonada Aurobay shakliga oʻtkazdi.[10]
Volvo Cars Polestar[11] ning 49,5% va Lynk & Co ning 30% aksiyalariga egalik qiladi.[12]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.