jamoaviy sport oʻyini From Wikipedia, the free encyclopedia
Voleybol (inglizcha: volleyball volley – „urib qaytarmoq“ va ball – „toʻp“) toʻpli sport oʻyini boʻlib, har biri 6 kishidan iborat ikki jamoa bilan oʻrtasidan toʻr tortilgan maydonchada oʻynaladi[1]. Oʻrtasidan toʻr bilan (erkaklar musobaqasi uchun 2,43 m va ayollar musobaqasi uchun 2.24 m balandlikda) boʻlingan 9x18 m li maydonchada oʻynaladi. Voleybol toʻrining katakchalari soni 1 000 ta (enida 100 ta va boʻyida 10 ta) boʻlib, bitta katagining toʻrt tomoni 10 sm dan boʻladi. Bir jamoa 6 kishidan iborat boʻlib, 2 jamoa oʻynaydi. Oʻyinchilar toʻpni qoʻl bilan urib, raqib maydoniga tushirishga harakat qiladilar. Koptokni uch urishda raqiblar tomoniga oʻtkazish lozim. Musobaqa 3 yoki 5 partiya oʻynaladi. Voleybol AQShda paydo boʻlgan (1895). Xalqaro federatsiya (FIVB; 1947-yil asos solingan) ga 180 dan ortiq mamlakat aʼzo. 1964-yildan Olimpiya oʻyinlari dasturlariga kiritilgan, 1949-yildan jahon birinchiliklari oʻtkaziladi.
Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling.
|
Volleyball matchi | |
Eng yuqori boshqaruvchi tashkilot | FIVB |
---|---|
Xarakteristikalari | |
Kontakt | Yoq |
Jamoa aʼzolari | 6 |
Aralash jins | Ha, alohida musobaqalar |
Turkum | Toʻpli sport, jamoa sporti |
Anjom | Voleybol toʻpi |
Oʻynaladigan joy | Voleybol maydoni, stadion |
Olimpik oʻyin | Ha, 1964-yildan |
Mintaqa | Butun dunyo |
Voleybol Oʻzbekistonda 1920-yildan oʻynaladi. Oʻzbekiston Respublikasi 1991-yil Xalqaro voleybol federatsiyasiga, 1992-yil Osiyo voleybol konfederatsiyasiga aʼzo boʻlib kirdi. Oʻzbekistonda bu sport turi bilan 700 mingdan ortiq kishi muntazam shugʻullanadi. U maktablarda ommaviy tus olgan, jismoniy tarbiya boʻyicha dasturning ajralmas qismi hisoblanadi.[2]
Voleybol 1894-yilda Amerika qoʻshma shtatlarining Massachusets shtatidagi Xoliok shahrida yosh xristianlar ittifoqini jismoniy tarbiya boʻyicha rahbari pastor Vilyam Morgan tomonidan yaratilgan. U voleybol oʻyinini oddiy, koʻp mablagʻ sarflamasdan tashkil etishni koʻzda tutib yangi oʻyinning qoidalarini ishlab chiqdi. Oʻyin nomini avvaliga ''mintonett'' deb nomladi.
1896-yilda Springfild shahridagi kollej direktori doktor Alfred Xalsted bu oʻyinga „voleybol“ deb nom berdi. „Voleybol“ inglizcha soʻz boʻlib, oʻzbek tilida „parvoz qiluvchi toʻp“ degan maʼnoni bildiradi. 1897-yilda tadbiq etilgan baʼzi bir oʻyin qoidalari quyidagicha edi:
1895—1920-yillar voleybol oʻyini rivojlanishining birinchi bosqichi boʻlib hisoblanadi. Oʻyinning boshqa davlatlarda vujudga kelishi va rivojlanishi quyidagicha: 1900-yil – Kanada, 1908-yil – Kuba, 1909-yil – Puerto-riko, 1910-yil – Peru, 1917-yil – Braziliya, Urugvay, Meksika, Osiyoda 1900—1913-yillar – Yaponiya, Kitay, Filippinda, 1914-yil – Angliya, 1917-yil – Fransiya.
Voleybol oʻyinining sobiq ittifoqda vujudga kelishi va rivojlanish tarixi
Voleybol sobiq ittifoqda 1920—1921-yillarda oʻrta Volga (Qozon, Nijniy Novgorod) nohiyalarida tarqala boshladi. 1922-yildan boshlab voleybol Vseobuch (Umumiy harbiy tayyorgarlik) tarkibiga kiritildi. Moskvada voleybol bilan muntazam shugʻullanishga sanʼat va teatr vakillari kirishdilar. 1923-yilda tashkil etilgan „Dinamo“ jamiyati sportning boshqa turlari bilan bir qatorda voleybolni ham targʻib qila boshladi. Xuddi shu yillarda voleybol Uzoq SHarqda – Xabarovsk va Vladivostokda paydo boʻldi. 1925-yildan esa Ukrainada ham rivojlana boshladi. SSJIda jismoniy tarbiya va sportning keyingi taraqqiyoti uchun RKP/b/ MK 1925-yil 13-iyul qarori katta ahamiyatga ega boʻldi. Unda ommani tarbiyalashning samarali usullaridan biri boʻlgan jismoniy tarbiya va sportni keng rivojlantirish zarurligi uqtirib oʻtildi. Markaziy qoʻmita qarori voleybolning tobora taraqqiy etib borishiga kuchli taʼsir koʻrsatadi. Sovet voleybolchilari oʻz oldilariga mamlakatda voleybolni ommalashtirish, tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish, texnika va taktikani mukammallashtirish, oʻyinchilarni har tomonlama jismoniy tayyorgarligini yuksaltirish kabi qator vazifalarni qoʻydilar. Voleybol hamma erda tarqala boshladi. SHu bilan bogʻliq ravishda musobaqalarning yagona qoidalarini ishlab chiqish zarurati tugʻildi. 1925-yilning yanvarida Moskva jismoniy tarbiya kengashi voleybol boʻyicha musobaqalarning birinchi rasmiy qoidalrini tuzib tasdiqladi. Toʻrning balandligi – ayollar uchun 2 m 20 sm va erkaklar uchun – 2 m 40 sm qilib belgilandi. Ayollar jamoalarida oʻyin 15 x 7,5 oʻlchamli maydonchada oʻtkaziladigan boʻldi. 1926-yilda Moskvada yangi qoidalar asosida birinchi musobaqalar oʻtkazildi. 1927-yildan voleybol boʻyicha Moskva birinchiligi muntazam ravishda oʻtkazila boshladi. „Sobiq Ittifoqida“ birinchi bosmadan chiqarilgan voleybol boʻyicha maxsus adabiyot 1926-yilda 9 paydo boʻldi va u „Voleybol va mushtlar jangi“ deb nom olgan edi. Uning mualliflari S.voleybolSisoev va A. A. Marku…edi. 1926-yilda yana bir qator muhim voqealar boʻlib oʻtdi, yaʼni voleybol Butunittifoq jismoniy tarbiya kengashining oʻyinlar shoʻʻbasi voleybol boʻyichamusobaqalarning yagona qoidalarini tasdiqladi. Xarkovda moskvalik va xarkovlik voleybolchilarning shaharlararo uchrashuvi oʻtkazildi. SHu yillarda voleybol faqatgina Moskvada emas, balki Ukrainada, shimoliy Kavkazda, Kavkazortida, Uzoq SHarq va Oʻrta Volga oʻlkalarida ham keng tarqaldi. „SSJI“ voleybolda taalluqli muhim voqealardan biri 1928-yilning avgustida birinchi Butunittifoq spartakiadasi vaqtida oʻtkazilgan Ittifoq birinchiligi boʻldi. Unga Moskva, USSJ, SHimoliy Kavkaz, Kavkazorti Federatsiyasi va Uzoq SHarK oʻlkasining erkaklar va ayollari qatnashadilar. Musobaqalar chiqib ketish tartibida oʻtkazildi. Moskva ayollar jamoasi va Ukrainaning erkaklar jamoasi gʻolib chiqdilar. Birinchi Butunittifoq spartakidasida voleybolchilarning uchrashuvlari musobaqa qoidalarining alohida bandlarini yagona tartibda izohlash uchun imkon berdi. SHuni aytib oʻtish kerakki, bu yerda ayollar jamoalari birinchi bor normal oʻlchovli maydonchalarda (18/9 m) oʻynaydilar. Sovet Ittifoqining turli mintaqalarida voleybol taraqqiyotida xilma-xil yoʻnalishlar yuzaga kela boshladi. Ukrainaliklar jamoali oʻyin taktikasini va fidokorona himoyani namoyish etdilar, moskvaliklar kuchli hujumchi ekanliklari bilan koʻzga tashlandilar, Uzoq SHarqliklar esa past uzatilgan toʻp bilan hujum qilishdek ajoyib yangilik olib keldilar. SHuni taʼkidlash kerakki, terma jamoalarning Butunittifoq spartakiadasiga tayyorlanishi voleybolning joylarda ommaviy ravishda rivojlanishiga turtki boʻldi. Butunittifoq spartakiadasi arafasida oʻtkazilgan Ukraina birinchiligida jumhuriyatning viloyat shaharlaridan 21 jamoa ishtirok etdi. Kavkazortining eng kuchli jamoasini aniqlash uchun Boku, Tiflis va Erevan shaharlarining jamoalararo uchrashuvlari oʻtkazildi. Xuddi oʻsha 1928-yilda Moskvada doimiy hakamlar uyushmasi tashkil etildi. Voleybol taraqqiyotida maktab oʻquvchilarining spartakiadasi ham (1929) katta ahamiyatga ega edi. Bu spartakia qatnashchilaridan koʻpchiligi keyinchalik voleybol ustalari boʻlib etishdilar.
Shaharlararo musobaqalar soni anchagina ortdi, bu esa turli texnik usullarning paydo boʻlishiga, voleybol taktikasining rivojlanishiga, oʻyinchilar jismoniy tayyorgarligining oʻsishiga olib keldi. SHu davrda oʻyinchilar maydonga toʻpni kuch bilan kiritish, aldov zarbalari usullarini keng qoʻllay boshladilar, uzatish texnikasiga eʼtibor berdilar, himoyaning ahamiyati ortib oʻyin tezkor, shiddatli boʻla boshladi, natijada oʻyinchilarning harakatchanligiga talab oshdi.
1931-yilda BLKEI tashabbusi biln mamlakatimizga jismoniy tarbiyaning asosi boʻlgan „Mehnat va mudofaaga tayyor“ Butunittifoq kompleksi taʼsir etildi. Bu tadbir voleybolchilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini yuksaltirishgagina emas, balki yoshlarni voleybol mashgʻulotlariga jalb etishga ham imkoniyat yaratdi. Voleybolning ommaviy rivojlanishi va keng targʻib qilinishida koʻpgina madaniyat va istirohat bogʻlarining maydonchalarida oʻtkazilgan musobaqalar katta ahamiyatga ega edi. Moskvadagi markaziy madaniyat va istirohat bogʻining 20 ta maydonchasi atrofida tomoshabinlar yigʻiladilar. Oʻtkazilayotgan oʻyinlar faqat moskvaliklar uchun emas, balki chet ellik mehmonlar uchun ham yaxshigina maktab edi. SHuning uchun 30-yillarda Germaniyada „Voleybol – rus xalq oʻyini“ deb nomlangan voleybol boʻyicha musobaqa qoidalari kitobcha holida chop etildi.
Turli shaharlarning eng kuchli jamoalari orasida birinchiliklar oʻtkazib turildi. 1931-yilda Xarkovda Moskva, Dnepropetrovsk va maydon egalarining erkak va ayollar jamoalari uchrashdilar. Moskvalik ayollar gʻolib chiqdilar, har uchchala erkaklar jamoasi bittadan magʻlubiyat va gʻalabaga ega boʻldilar. Bu uchrashuvlar „tez surʻatli“ oʻyinning ahamiyati ancha ortganligini taʼkidladi.
1932-yildan voleybol barcha katta spartakiadalarning dasturiga teng huquqli sport turi sifatida kiritildi. SHu sababdan voleybol boʻyicha butunittifoq musobaqalarining har yili muntazam oʻtkazib turilishi haqidagi masala koʻtarildi.
1932-yilning bahorida Butunittifoq jismoniy tarbiya kengashi qoshida voleybol seksiyasi tashkil topdi va uning tarkibiga A.Potashnik (rais), voleybolOskolkov, M.Vilgrat, YU.Bagon, voleybolKryuk va boshqalar kiritildilar.
1932-yildan avval „Voleybolchilarning Butunittifoq bayrami“ deb atalgan „Sovet Ittifoqi“ birinchiliklari muntazam oʻtkazila boshladi. Voleybol boʻyicha SSJI birinchiligi ilk bora Dnepropetrovsk shahrida 1983-yilning 4-6-aprelida boʻlib oʻtdi. Musobaqalarda ayollar jamoasi (Moskva, Dnepropetrovsk, Xarkov, Boku, Minsk) va 5 ta erkaklar jamoasi (Moskva, Dnepropetrovsk, Xarkov, Tiflis, Minsk) ishtirok etdi. Aylanma tartibda oʻtkazilgan oʻyinlar koʻp sonli tomoshabinlarni oʻziga jalb qildi. Qiziqarlisi birinchilik tugagach, moskvalik aralash jamoalarning koʻrgazmali oʻyinlari oʻtkazildi.
Oʻyin uch yoki besh partiyadan iborat boʻlib, har bir partiya 15 ochkogacha davom etadi. Agar ochkolar 15:15 boʻlsa, oʻyin 17 ochkogacha davom etadi. Soʻnggi partiya (3-va 5-)da oʻyin hisobi „taym-brek“ asosida olib boriladi. Yaʼni oʻyindagi har bir harakat natijasiga qarab toʻpni oʻyinga kiritish huquqi qaysi jamoada boʻlishidan qatʼiy nazar jamoaga magʻlubiyat yoki gʻalaba keltirishi mumkin. Hal qiluvchi partiyada oʻyin 2 ochko farq qilguncha davom etadi. Oʻyin jarayonida texnik malakalarni bajarishdagi xatolar:
Himoyada:
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.