From Wikipedia, the free encyclopedia
Vladimir Aleksandrovich Golovin (1922-yil 28-avgust, Moskva — 1989-yil 27-yanvar, Toshkent) — Oʻzbekiston SSR KGB raisi, KGB general-leytenanti, tarix fanlari nomzodi.
Nikita Grigoryevich Brilyov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
28-avgust 1922-yil Моskva |
Vafoti |
27-yanvar 1989-yil (66 yosh) Тoshkent |
Fuqaroligi | SSSR |
Qoʻshin turi | piyoda |
Xizmat yillari | 1918 — 1953 |
Unvoni |
general-mayor |
Mukofotlari |
Oliy maktabni tamomlagan. Moskva yuridik instituti bitiruvchisi.
1941-yildan Qizil Armiya safida xizmat qilgan. Ulugʻ Vatan urushida qatnashgan[1].
1942-yildan Ichki ishlar xalq komissarligi tuman bo‘limining tezkor xodimi sifatida davlat xavfsizlik organlarida xizmat qila boshlagan. 1944-yildan Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi aʼzosi[1]. 1944-yildan Davlat xavfsizligi xalq komissarligining G‘arbiy Ukrainadagi tergov bo‘linmalarida, 1947-yildan SSSR Davlat xavfsizlik vazirligining markaziy apparatida ishlay boshlagan. Chet elda uzoq muddatli xizmat safarlarida bo‘lgan. 1960-yillardan SSSR Vazirlar Soveti huzuridagi KGBning 2-bosh boshqarmasi va 5-boshqarmasida xizmat qilgan.
1970-1974-yillarda Gruziya SSR 8-chaqiriq SSSR Oliy Kengashi Millatlar Kengashi deputati[2]. 1984-1989-yillarda Qoraqalpogʻiston ASSR XI chaqiriq SSSR Oliy Soveti Ittifoq Kengashi deputati boʻlgan[3].
1977-1983-yillarda SSSR KGB 5-boshqarmasi (terrorizmga qarshi kurash) 7-bo‘limi boshlig‘i, polkovnik[4]; 1981-yil 17-dekabrda Sarapul shahridagi 2 qochoq tomonidan garovga olingan maktab o‘quvchilarini ozod qilish bo‘yicha tezkor shtab ishida ishtirok etgan[5].
1983-yil 1-sentabrdan 1989-yil 27-yanvargacha O‘zbekiston SSR KGB raisi, general-leytenant;
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.