Virtual yordamchi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Virtual yordamchi (VA) dasturiy ta'minot agenti boʻlib, foydalanuvchi kiritgan buyruqlar yoki savollar asosida foydalanuvchi uchun bir qator vazifalar yoki xizmatlarni bajarishi mumkin. Bunday texnologiyalar koʻpincha foydalanuvchilar bilan muloqotni osonlashtirish uchun xizmat qiladi. Oʻzaro aloqa matn, grafik interfeys yoki ovoz orqali boʻlishi mumkin – chunki baʼzi virtual yordamchilar inson nutqini talqin qilishlari va sintez qilingan ovozlar orqali javob berishlari mumkin.
Koʻp hollarda foydalanuvchilar oʻzlarining virtual yordamchilariga savollar berishlari, uyni avtomatlashtirish qurilmalari va media boshqarishlari hamda elektron pochta, ishlar roʻyxati va kalendarlar kabi boshqa asosiy vazifalarni boshqarishlari mumkin va barchasi ogʻzaki buyruqlar yordamida boʻladi.[1] Soʻnggi yillarda toʻgʻridan-toʻgʻri foydalanilayotgan virtual yordamchilar Apple Siri, Amazon Aleksa, Google Assistant, and Samsung Bixby hisoblanadi.[2] Bundan tashqari, turli sohalardagi kompaniyalar koʻpincha oʻzlarining mijozlarga xizmat koʻrsatish yoki qoʻllab-quvvatlash tizimiga virtual yordamchi texnologiyasini ulab qoʻyadilar.[3]