Rossiya diplomati va siyosatchisi (1938-2010) From Wikipedia, the free encyclopedia
Viktor Stepanovich Chernomirdin (ruscha: Ви́ктор Степа́нович Черномы́рдин; 9-aprel 1938, Orenburg viloyati — 3-noyabr 2010, Moskva — SSRI va Rossiya davlat arbobi, Ministrlar Soveti Raisi (1992—1993), hukumat raisi (1993—1998), muvaqqat Prezident (5-6-noyabr 1996), Rossiyaning Ukrainadagi elchisi (2001—2009). 11-iyun 2009-yildan — Prezidentning MDH bilan hamkorlik boʻyicha maslahatchisi[1].
Viktor Stepanovich Chernomirdin | |
---|---|
Виктор Степанович Черномырдин | |
Chernomirdin tasvirlangan pochta markasi | |
Rossiya Prezidentining davlat maslahatchisi | |
Mansab davri 2009-yil 11-iyundan – 2010-yil 3-noyabrgacha | |
Prezident | Dmitriy Medvedev |
Rossiyaning Ukrainadagi elchisi | |
Mansab davri 2001-yil 21-maydan – 2009-yil 11-iyungacha | |
Prezident |
Vladimir Putin Dmitriy Medvedev |
Oʻtmishdoshi | Ivan Aboimov |
Vorisi | Mixail Zurabov |
Rossiya Prezidenti v. b. | |
Mansab davri 1996-yil 5-noyabrdan – 6-noyabrgacha | |
Oʻtmishdoshi | Boris Yeltsin |
Vorisi | Boris Yeltsin |
Rossiya Bosh vaziri | |
Mansab davri 1993-yil 25-dekabrdan – 1998-yil 23-martgacha | |
Prezident | Boris Yeltsin |
Oʻtmishdoshi | uning o’zi Ministrlar Soveti Raisi sifatida |
Vorisi | Sergey Kiriyenko |
Ministrlar Soveti Raisi | |
Mansab davri 1992-yil 14-dekabrdan – 1993-yil 25-dekabrgacha | |
Prezident | Boris Yeltsin |
Oʻtmishdoshi |
Ivan Silayev Yegor Gaydar (v. b.) |
Vorisi | Lavozim bekor qilingan |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
9-aprel 1938-yil Orenburg viloyati |
Vafoti |
3-noyabr 2010-yil (72 yoshda) Moskva |
Mukofotlari |
1938-yil 9-aprelda Orenburg viloyatida tugʻilgan[2].
1957-yilda Orsk neftni qayta ishlash zavodida kompressorlar va nasoslar mexanigi, mashinist sifatida oʻzida oʻz faoliyatini boshladi[3].
1966-yilda Samara davlat texnika institutini muhandis-texnolog sohasi bilan tamomlagan[4].
1967-yildan 1973-yilgacha Orsk shahar qoʻmitasida ishlagan[5].
1968-1972-yillarda Moskva davlat universiteti sirtqi boʻlimida oʻqidi[6].
1973-1978-yillarda Orenburg gazni qayta ishlash zavodida ishlagan[7].
1982-yildan — SSSR gaz sanoati vaziri oʻrinbosari[8].
1985-1989-yillarda — SSSR gaz sanoati vaziri[9].
1989-1992-yillarda — „Gazprom“ Davlat kompaniyasi raisi[10].
1992-yil 30-mayda yoqilgʻi va energiya boʻyicha Rossiya Federatsiyasi hukumati raisining oʻrinbosari etib tayinlandi[11].
1992-yil 14-dekabrda vazirlar kengashi raisi etib tayinlandi[12].
1993-yildan 1998-yilgacha — Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi[13].
1996-yil 5-6-noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining muvaqqat prezidenti[14].
1998-yilda Hukumat raisi lavozimidan ozod etildi[15].
1999-yil 14-aprelda Rossiya Federatsiyasi prezidentining maxsus vakili etib tayinlandi[16].
1995-2000 — „Bizning uy - Rossiya“ harakati rahbari[17].
1999-2001-yillarda Davlat Dumasi deputati[18].
1999-2000 — „Gazprom“ OAJ direktorlar kengashi raisi[19].
2001-yil 21-maydan 2009-yil 11-iyungacha Rossiya Federatsiyasining Ukrainadagi Favqulodda va Muxtor elchisi lavozimida ishladi.
2009-yil 11-iyunda prezident Dmitriy Medvedev tomonidan MDH mamlakatlari bilan hamkorlik boʻyicha maslahatchi etib tayinlangan.
2010-yil 3-noyabr kuni soat 03:42 da Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasining Markaziy klinik shifoxonasida og'ir saraton kasalligi fonida sodir bo'lgan miokard infarkti natijasida 73 yoshida vafot etdi[20][21][22][23]. 5-noyabr kuni Novodevichi monastirining soborida dafn marosimi bo'lib o'tdi[24]. Novodevichy qabristoniga dafn etilgan[25].
1-darajali „Vatanga xizmatlari uchun“ ordeni (2009-yil 24-mart) – Rossiya Federatsiyasining xalqaro nufuzini mustahkamlashga qoʻshgan ulkan hissasi va koʻp yillik samarali hukumat faoliyati uchun[26].
2-darajali „Vatanga xizmatlari uchun“ ordeni (1998-yil 23-mart) – Rossiya davlatchiligini rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun[27].
3-darajali „Vatanga xizmatlari uchun“ ordeni (2008-yil 9-aprel) – Rossiya-Ukraina munosabatlarini rivojlantirishga qoʻshgan katta hissasi uchun[28].
4-darajali „Vatanga xizmatlari uchun“ ordeni (2010-yil 9-aprel) – koʻp yillik samarali davlat faoliyati uchun[29].
Doʻstlik ordeni (2003-yil 8-aprel) – Rossiya Federatsiyasi va Ukraina oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun[30].
Oktyabr Inqilobi ordeni (1986).
Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1979).
„Hurmat Belgisi“ ordeni (1974-yil 11-dekabr) – Orenburg gaz majmuasining birinchi bosqichining loyiha quvvatini qurish va rivojlantirishda erishilgan muvaffaqiyatlar uchun.
„Rossiya dengiz flotiga 300 yil“ yubiley medali (1996-yil 7-iyun).
„Moskvaning 850 yilligi xotirasiga“ medali (1997-yil 6-sentyabr)[31].
„Qozonning 1000 yilligi xotirasi uchun“ medali (2005-yil 23-avgust).
„Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan“ medali (1970).
„Gʻalabaning qirq yilligi“ yubiley medali (1985)[32].
Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligining shaxsiylashtirilgan mukofot quroli – PSM toʻpponchasi[33].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.