From Wikipedia, the free encyclopedia
Victoria De Angelis (talaffuzi: Viktoriya De Anjiles; 38-aprel 2000-yil, Rim, Italiya) bas-gitarachi va Zitti e buoni[2][3][4] qoʻshigʻi bilan Eurovision qoʻshiq tanlovi 2021 da gʻolib chiqqan italyan Måneskin rok guruhining asoschilaridan biri.
Victoria Rimda oʻsganiga qaramay, onasi Daniyalik boʻlganligi uchun u Daniya tilida yaxshi gapira oladi.
Victoria De Angelis 2000-yil 28-aprelda Rimda tugʻilgan. Victoria sakkiz yoshida gitara chalishni boshlagan va oʻrta maktabda oʻqiyotganda musiqa maktabiga borgan. Biroq, u klassik gitara chalishni yaxshi bilmaganligi uchun oʻqituvchisi unga bass gitara sotib olishni taklif qilgan va oʻn bir yoshidan boshlab Victoria faqat bas-gitara chaladi[5]. Victoria J.F.Kennedi nomidagi litseyga qatnagan va u yerda gitarachi Thomas Raggi bilan doʻstlashgan. 2015-yilda Victoria va Thomas rok guruhiga asos solgan. Keyinchalik guruhga ular bilan bir litseyda oʻqigan vokalchi Damiano David qoʻshildi. Barabanchi Ethan Torcio guruhga Facebook tarmogʻidagi reklama orqali aʼzo boʻlgan. Oʻzlarining musiqiy guruhi uchun nom topish vaqti kelganida, doʻstlar Victoriadan Daniya tilida bir necha soʻz aytishni soʻrashgan va ularga „oy nuri“ deb tarjima qilinuvchi Måneskin nomi yoqib qolgan.
2017-yilda guruh X Factor shousining italyancha versiyasida ishtirok etib, Beggin', Somebody Told Me va Kiss This qoʻshiqlarini oʻzlarining talqinida kuylab hamda oʻzlarining Chosen qoʻshigʻini ijro etib, 2-oʻrinni egallagan.
2021-yilda guruh Sanremo festivalida gʻolib boʻlishgan. Bu gʻalaba yosh musiqachilarga 2021-yil 22-may kuni Niderlandiyaning Rotterdam shahrida boʻlib oʻtgan Eurovision qoʻshiq tanlovi 2021 finalida Zitti e buoni qoʻshigʻi bilan oʻz mamlakatini himoya qilish va gʻolib chiqish imkoniyatini berdi[6].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.