![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/2/2b/Venla_Hovi.png/640px-Venla_Hovi.png&w=640&q=50)
Venla Hovi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Venla Hovi qizlik familyasi: Heikkilä (talaffuzi: Venla Xovi; 1987-yil 28-oktabrda tugʻilgan) — finlandiyalik isteʼfodagi xokkey hujumchisi va Premer Xokkey Federatsiyasi (PHF)dagi Metropolitan Rivetersning hozirgi bosh murabbiyi[1]. Finlandiya terma jamoasida oʻynagan. 2010- va 2018-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida hamda 2008, 2009 va 2017-yillarda IIHF ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatlarida bronza, 2019-yilgi IIHF ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Hovi 2019-yilgi Jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgandan keyingi kun oʻzining sport faoliyatni yakunlaganini eʼlon qilgan[2][3].
Venla Hovi | |||
---|---|---|---|
![]() Hovi 2016-yil | |||
Tugʻilgan joyi |
28-oktyabr 1987-yil (1987-10-28) (36 yosh) Tampere, Finlandiya | ||
Boʻyi | 1.69 m (5 ft 7 in) | ||
Ogʻirligi | 67 kg (148 lb; 10 st 8 lb) | ||
Pozitsiyasi | Hujumchi | ||
Oʻynagan jamoalari |
Ylöjärvi Ilves Tampereen Ilves Niagara Purple Eagles HPK Hämeenlinna KalPa Kuopio Herlev Hornets Manitoba Bisons Calgary Inferno | ||
Hozirgi PHF murabbiyi | Metropolitan Riveters | ||
Murabbiylik qilgan jamoalari | Manitoba Bisons | ||
Milliy jamoa |
![]() | ||
Jamoalardagi faoliyat | 2003—2019 | ||
Murabbiylik faoliyati | 2018—hozirgacha |
Nafaqaga chiqqanidan soʻng, Hovi Winnipeg Jets xokkeyni rivojlantirish dasturi True Northda oʻqituvchi boʻlib xizmat qilgan. U tashkilot tomonidan murabbiy sifatida yollangan birinchi ayol boʻlgan va NHL yoki NHL bilan bogʻliq dasturlarda oʻqituvchi sifatida ishlaydigan oz sonli ayollardan biri boʻlgan.