Velociraptor
Yirtqich dinozavrlar turkumi / From Wikipedia, the free encyclopedia
Velociraptor (/vɪˈlɒsɪræptər/; lotincha: „tezkor ovchi“ degan maʼnoni anglatadi) — dromeozavr dinozavrlar turkumi vakili. Taxminan 75—71 million yil oldin boʻr davrining oxirgi qismida, yashab oʻtgan jonzot[1]. Hozirda, aniq sonlarda, ikkita turi tan olingan. Velociraptor mongoliensis turi topilma qoldiqlari Moʻgʻulistondan topilgan. Ikkinchi tur, Velociraptor osmolskae esa, 2008-yilda Xitoydan, qazilma ishlari davomida aniqlangan bosh suyak materiali asosida hisobga olingan.
Deinonychus va Achillobator kabi dromeozavrlardan nisbatan kichikroq boʻlsa-da, Velociraptor ushbu zavrlar bilan bir xil anatomik xususiyatlarga ega hisoblanadi. Velociraptor ikki oyoqli yirtqich hayvon boʻlib, uzun dumi va har bir oyogʻida kattalashgan oʻroqsimon panjasi boʻlgan. Oʻroqsimon panja oʻlja bilan kurashish va terisini yirtib jarohatlash usuli uchun xizmat qilgan, deya taxmin qilinadi. Velociraptorni boshqa dromeozavrlardan uzunchoq va nisbatan kichik bosh chanogʻi, koʻtarilgan tumshugʻi bilan ajratish mumkin.
Velociraptor (odatda „raptor“ soʻzi bilan qisqartiriladi.) Yura davriga sayohat koʻp qismli kinofilmidagi muhim roli tufayli keng jamoatchilik orasida eng mashhur dinozavrlardan biri boʻli. Kinofilmdagi obraziga ters ravishda, real hayotda, Velociraptor tanasi oʻlchami kurkaniki bilan deyarli teng. Taxminlarga koʻra, raptor kurkadan ancha kichik boʻlishi mumkin. Boʻyi 2 metr(6.5 fut) atrofida hamda ogʻirligi 80 kg(180 ib) boʻlishi tadqiqotchilar tomonidan taxmin qilingan. Bugungi kunda Velociraptor paleontologlarga yaxshi maʼlum boʻlib, oʻndan ortiq fotoalbomlari mavjuddir. Bu koʻrsatkichlar bilamn u har qanday dromeozavrlardan koʻra olimlarga eng yaxshi tanish zavrdir.