Vashingtondagi G-20 sammiti (2008)
From Wikipedia, the free encyclopedia
Vashingtondagi G-20 sammiti (2008) - Jahonning eng koʻzga koʻringan davlatlari moliya bozorlari va jahon iqtisodiyoti muammolarini topish va muhokama qilish maqsadida 2008-yilning 14-15-noyabr kunlarida AQSh poytahti Vashington shahrida yigʻlishgan. Ushbu uchrashuv umumiy hamjihatlikni tasvirlaydigan 20 mamlakatlar oʻrtasida iqtisodiy oʻsish borasidagi hamkorlikni kengaytirish, shu yili boʻlib oʻtgan moliyaviy inqirozga qarshi kurashish va kelajakda yangi inqirozga duch kelmaslik uchun baʻzi bir iqtisodiy sohalarga yangicha oʻzgartirishlar kiritilishi muhim boʻlgan kelishuv imzolangan.[1][2] Fransiya va Yevropa Ittifoqi prezidenti boʻlgan Nicolas Sarkozy va Britaniya Bosh vaziri Gordon Brown tomonidan yuritilgan ijobiy fikrlari natijasida sammit yanada boyigan.[3] 2008-yilning 11-oktyabrida G7ning moliya vazirlari bilan boʻlgan suhbatda AQSh Prezidenti Jorj Bush kelgusida G20 uchrashuvlari jahon hamjamiyatida muhim oʻrin tutishini va iqtisodiy inqirozdan chiqish yoʻllari topishini taʻkidlagan. Koʻpgina iqtisodchilar va siyosatdonlar Bretton-Vuds tizimining (Ikki jahon urushidan soʻng qabul qilingan pul harakatini boshqarish tizimi) yangi bosqichini qabul qilish kerakligini taʻkidlashgan va jahonda yangi moliya tizimini yaratish kerakligin qayd etishgan. Bu uchrashuv baʻzi bir OAV manbalarida ikkinchi Bretton-Vuds kelishuvi deya qayd etilgan.[1]
Vashingtondagi G-20 sammiti (2008) inglizcha: 2008 G-20 Washington summit' | |
---|---|
Vashington sammiti ishtirokchilari | |
Mezbon davlat | AQSh |
Sana | 14-15-noyabr 2008-yil |
Oʻtkaziladigan joy(lar) | Milliy Muzey binosi, Vashington, Amerika Qoʻshma Shtatlari |
Shaharlar | Vashington, Amerika Qoʻshma Shtatlari |
Ishtirokchilar | G20 (+Ispaniya, Niderlandlar) |
Keyingi | Londondagi G-20 sammiti (2009) |
Avvalgi | Aynan shu yili moliyaviy inqirozga qarshi kurash sifatida kuchli iqtisodiy mamlakatlar yordamida G20 tashkil qilingan va sammit aynan shu uchrashuvdan soʻng oʻz davomini topgan |