![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/8/85/Raisi%2527s_helicopter_leaving_Khudafarin_%2528cropped%2529.jpg/640px-Raisi%2527s_helicopter_leaving_Khudafarin_%2528cropped%2529.jpg&w=640&q=50)
Varzaqandagi vertolyot halokati (2024)
2024-yil Eronda yuz bergan hodisa / From Wikipedia, the free encyclopedia
2024-yil 19-may kuni Eronning Uzi, Varzaqan shahrida Tabrizga ketayotgan vertolyot halokatga uchragan[1]. Vertolyotda Eron prezidenti Ibrohim Raisiy, tashqi ishlar vaziri Husayn Amir-Abdullohiyan, Sharqiy Ozarbayjon gubernatori Malek Rahmatiy va Oliy rahbarning Sharqiy Ozarbayjondagi vakili Muhammad Ali Ale-Hoshem boʻlgan. Xabarlarga koʻra, ayni damda 40 nafar qutqaruv guruhi Dizmar oʻrmoni hududida qulagan vertolyotni topishga harakat qilmoqda[2][3]. Vertolyot qayerdaligi va yoʻlovchilarning ahvoli noma’lumligicha qolmoqda[4].
![]() Qulagan vertolyotning Xudaferinda olingan soʻnggi tasviri. | |
Hodisa | |
---|---|
Sana | 19-may, 2024-yil (35 kun avval) (2024-05-19), ≈ 13:30 |
Joylashgan joy | Uzi, Varzaqan, Eron |
Parvoz kelib chiqishi | Eron |
Manzil | Tabriz, Eron |
Yoʻlovchilar | 4+ |
Yoʻqolgan | 4+ |
Bu hodisa, Raisiy Eronning Ozarbayjon bilan chegarasida joylashgan Joʻlfa shahri yaqiniga uyushtirgan sayohati chogʻida sodir boʻlgan[5][6]. Eron televideniyesining xabar berishicha, qutqaruv ishlari zich oʻrmon relyefi, kuchli yomgʻir, tuman va kuchli shamol kabi noqulay ob-havo sharoiti tufayli qiyinchiliklarga duch kelmoqda[5]. Vertolyotni qidirishga yordam berish uchun dronlar, qidiruv-qutqaruv guruhlari va maxsus oʻqitilgan itlar safarbar etilgan[7].