Uzuklar hukmdori
From Wikipedia, the free encyclopedia
Uzuklar hukmdori (inglizcha: Lord of the Rings) — ingliz yozuvchisi J. R. R. Tolkienning epik trilogiya romani, fantaziya janrining eng taniqli asarlaridan biri.[1]Uzuklar hukmdori mazmunan bitta kitob sifatida yozilgan, lekin hajmi tufayli uch qismga boʻlib nashr etilgan. Bular Uzuklar ittifoqi (1954), Ikki qal’a (1954) va Qirolning qaytishi (1955).[2]
Asl nomi | Lord of The Rings |
---|---|
Muallif(lar) | J. R. R Tolkien |
Mamlakat | Birlashgan Qirollik |
Til | inglizcha |
Janr(lar)i | fantastik roman trilogiya |
Nashr etilgan sanasi |
|
Nashriyot | Allen & Unwin |
ISBN | ISBN 0-00-000000-0 |
Avvalgisi | Hobbit |
Keyingisi | Silmarillion |
Trilogiya bugungi kungacha har-xil jildlarda nashr etilgan. Roman epik fantaziya janrining birinchi mumtoz asari hisoblanadi. Uzuklar hukmdori 20-asrning eng taniqli va mashhur kitoblaridan biri. Kitob kamida 38 tilga tarjima qilingan. U fantastik adabiyotga, kompyuter oʻyinlarida, kinoda va umuman jahon madaniyatiga ulkan taʼsir koʻrsatdi. Professor Tolkienning ishi taʼsirida ommaviy rol harakatlari paydo boʻldi. Rejissor Peter Jackson tomonidan suratga olingan kitobning shu nomlarda trilogiya shaklida filmga moslashishi ham katta muvaffaqiyatga erishdi.[3][4]