![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/6/6d/Uppsala.jpg/640px-Uppsala.jpg&w=640&q=50)
Upsala
From Wikipedia, the free encyclopedia
Uppsala (shvedcha talaffuzi: [ˈɵ̂pːˌsɑːla]) arxaik tarzda Upsala)— Uppsala okrugining markazi va Shvetsiyadagi Stokgolm, Gyoteborg va Malmödan keyin toʻrtinchi yirik shahri. 2019-yilda uning aholisi 177 074 kishidan iborat edi[1]. Poytaxt Stokgolmdan 71 km shimolda joylashgan boʻlib, shuningdek, Upsala munitsipalitetining ham markazidir. 1164-yildan beri Upsala Shvetsiyaning cherkov markazi boʻlib, Shvetsiya cherkovi arxiyepiskopi ham shuyerda joylashgan. Uppsalada Skandinaviyadagi eng katta cherkov – Uppsala cherkovi joylashgan boʻlib, u XIX asr oxirigacha Shvetsiya monarxining toj kiyish marosimi oʻtkaziladigan joy boʻlgan[2]. Qirol Gustav Vasa tomonidan qurilgan Upsala qal’asi Shvetsiya monarxlarining qirollik qarorgohlaridan biri boʻlib xizmat qilgan va oʻz tarixi davomida bir necha bor kengaytirilgan shu bilan birga Upsalani Shvetsiyaning ikkinchi darajali poytaxtiga aylantirgan. Bugungi kunda u Upsala okrugi gubernatorining qarorgohi boʻlib xizmat qiladi.
Upsala | |
---|---|
Shahar | |
![]() | |
59°50′59.140″N 17°38′20.209″E | |
Mamlakat | Shvetsiya |
Shahar | Uppland |
Maydon | 48.77 km2 (18.83 kv mi) |
Aholisi (2019-yil 31-dekabr[1]) |
177,074 |
Telefon kodi | +46(0) 18 |
Pochta indeks(lar)i | 75x xx |