![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/e/e2/%25D8%25B9%25D9%2585%25D8%25B1_%25D8%25A8%25D9%2586_%25D8%25B9%25D8%25A8%25D8%25AF_%25D8%25A7%25D9%2584%25D8%25B9%25D8%25B2%25D9%258A%25D8%25B2.png/640px-%25D8%25B9%25D9%2585%25D8%25B1_%25D8%25A8%25D9%2586_%25D8%25B9%25D8%25A8%25D8%25AF_%25D8%25A7%25D9%2584%25D8%25B9%25D8%25B2%25D9%258A%25D8%25B2.png&w=640&q=50)
Umar ibn Abdulaziz
717—720-yillardagi Umaviylar xalifasi / From Wikipedia, the free encyclopedia
Abu Hafs Umar ibn Abdul Aziz bin Marvon bin Al-Hakam Al-Qurashiy (61-hijriy / 681-milodiy — 101-hijriy / 720-milodiy), sakkizinchi Umaviy, beshinchi islom xalifasi. Ko'pgina tarixchilar uni "ikkinchi Umar" deb ataydilar[1].
Umar ibn Abdulaziz | |
---|---|
![]() | |
Umaviylar xalifasi | |
Mansab davri 717-yil – 720-yil | |
Oʻtmishdoshi | Sulaymon ibn Abdulmalik |
Vorisi | Yazid II |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | Madina, Umaviylar davlati |
Vafoti |
4-fevral 720-yil(720-02-04) (38 yoshda) Damashq |
Umar ibn Abdulaziz roziyallohu anhu (keyingi o'rin.da Umar roziyallohu anhu) Hijriy 61-yilda Madinada tug‘ilganlar. Umar ibn al-Xattob roziyallohu anhu oilalaridan bo‘lgan amakilari qo‘lida ulg‘ayganlar. Madinadagi sahobalar jamoasining ta’sirida bo‘lganlar. Umar roziyallohu anhuning ilmga ishtiyoqlari baland bo'lgan. Hijriy 87-yilda xalifa Valid ibn Abdulmalik Umar roziyallohu anhuni Madina amirligiga tayinladi. Hijriy 91-yilda Toif Umaviylar davlatiga qo‘shilgach, u kishi butun Hijozning hokimi bo‘ladilar. Keyinchalik, Damashqqa ko‘chib o‘tadilar. Sulaymon ibn Abdulmalik xalifalikni egallagach, Umar roziyallohu anhu unga vazir va maslahatchi bo'ladilar. Sulaymon hijriy 99-yilda vafot etgach, Umar roziyallohu anhu xalifalikni egallaydilar.[2].
Umar ibn Abdulaziz roziyallohu anhuning xalifalik davrlari bir qator afzalliklari bilan ajralib turardi. Masalan, barcha nohaq hokimlarning chetlatilishi va jazolanishi - adolat va tenglikning keng yoyilishiga sababchi bo'ldi. Umar ibn Abdulaziz roziyallohu anhu davrlarida Samarqand Qutayba ibn Muslim tomonidan fath etildi. Lekin bu Islom fath qoidalariga asosan amalga oshirilmagani sabab Samarqand aholisi bu borada halifaga shikoyat qilib keladi. Shikoyatlarni eshitgan halifa bu masalani Samarqand qozisiga oʻrganib chiqishni agar shahar notoʻgʻri egallangan boʻlsa(avval din taklif qilinishi, keyin jizya toʻlash sharti, bajarilmasa soʻngra jang qilish) musulmon qoʻshinlari shaharni tashlab chiqish buyrugʻini berishi tayinlaydilar. Masalani qozi oʻrganib shahar fath qoidalariga zid egallangani aniqladi va musulmonlarga shaharni tark etishni buyuradi. Shahardan musulmon qoʻshinlari chiqib ketgani shahar aholisini hayratga soladi. Halifani adolatidan ta'sirlangan Samarqand ahli shahar darvozasi qayta ochib beradi. Umar roziyallohu anhuning xalifalik davrlari ikki yil, besh oy va to‘rt kun davom etgan. Hijriy 101-yilda zaharlanib vafot etganlar. Xalifalikni Yazid ibn Abdulmalik egallagan[3].