Ukraina tarixi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Ukraina janubida ilk paleolit davrida odamlar yashaganligi maʼlum. Oʻrta paleolit davrida Mustye madaniyatiga mansub elatlar vakillari hozirgi Ukraina xududining anchagina qismini egallab oldilar. Soʻnggi paleolit davrida (35-40 ming yil avval) butun Ukraina hududida odam yashay boshlagan. Mezolit davri (mil. av. 10-7-ming yillik)da baliq ovlash, neolit davri (mil.av. 6-4-ming yillik)da dehqonchilik va chorvachilik paydo boʻldi. Eneolit va jez davrlari (mil. av. 4-ming yillik – 1-ming yillikning boshi)da dehqonchilik, chorvachilik va kulolchilik ancha kjsaldi (qarang Tripolye madaniyati). Mil. av. 2-ming yillik oxiri – 1-ming yillik boshlarida But va Dnepr boʻyi dashtlarida kimmeriy qabilalari yashagan va Ukraina Sharqiy Yevropadagi Pontik choʻllarining bir qismi xalkolit va bronza davrlarining tarqalishida, otni xonakilashtirishda muhim ahamiyat berilgan..[1]