![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/9/98/USB_Type-C_icon.svg/languz-640px-USB_Type-C_icon.svg.png&w=640&q=50)
USB Type-C
From Wikipedia, the free encyclopedia
USB Type-C yoki USB-C[1] (oʻqilishi:yu-ez-bi tayp si yoki yu-ez-bi si) – USB qurilmalar va USB kabellar uchun universal, ixcham, ikki tomonlama 24 pinli ulagich[2].
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/9/98/USB_Type-C_icon.svg/320px-USB_Type-C_icon.svg.png)
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/e/e7/USB_Type-C_macbook.png/640px-USB_Type-C_macbook.png)
USB Type-C ulagichning 1.0 versiyasi USB Developers Forum tomonidan 2014-yil avgust oyida chop etilgan. USB 3.1 spetsifikatsiyasi bilan bir vaqtda ishlab chiqilgan.
USB Type-C ulagichidan periferiya qurilmalari va kompyuterlar foydalanishi mumkin. USB Type-C avvalgi USB standartlarining A va B tipi ulagichlari va kabellariga nisbatan yangi avloddir[3][4]. Oldingi versiyalardan farqli oʻlaroq, USB-C ulagichi gorizontal nosimmetrikdir va qurilmaga har ikki tomondan ulash imkoniyatini beradi.
USB Type-C ulagichidan foydalanish qurilmaning yuqori tezlikdagi USB 3.1 Gen1/Gen2 standarti yoki USB Power Delivery protokolini amalga oshirishiga kafolat bermaydi[5].